Ijtimoiy tarmoqlarda Nukus köçalari qonga töldi mazmunidagi feyk va provokatsion xabarlar tarqalmoqda. Aslida esa bu noqonuniy namoyişga çiqqanlarni tarqatiş uçun sepilgan qizil rangdagi suv.
“Keça internetda Nukus köçalari qonga töldi deb video tarqalgandi. Şu videoni faktçek qilişibdi. Köçadagi qon emas, balki olomonni tarqatiş uçun sepilgan qizil rangli maxsus suv ekan.
Ammo afsuski, uşbu videoni juda köpçilik, ayniqsa, xorijdagilar “köça qonga töldi” deb tarqatişdi.
Iltimos, bunaqa provokatsiyalarga uçmanglar. Hozir tarqatilayotgan videolarning aksariyati yoki yolğon, yoki rost bölsa ham, umuman boşqa vaqtda va boşqa davlatda sodir bölgan voqealardir.
Qayerdadir biror mojaro bölsa, u haqida minglab feyk-yolğon xabarlar tarqaladi. Qaysi davlatda va qaysi vaqtda bölişidan qatʼi nazar doim şunaqa bölgan. Şu sababli hozir ham axborot uruşi boşlanib ketdi.
Biz öz muammolarimizni özimiz hal qilişga qudratiga egamiz, çetdan kelayotgan provokatsiyalardan ehtiyot bölişimiz kerak”, deb yozadi huquqşunos Huşnudbek Hudoyberdiyev.
Maʼlum qilinişiça, bundan asosiy maqsad qizil rang tekkan tartibbuzarlarni tezda aniqlaş va ularni qölga oliş, agar qurolli namoyiş bölsa, ularni qurolsizlantiriş uçun qilinadi. Qizil rang tezda közga taşlanadi va aniqlaş oson böladi.
Bundan taşqari qizil ğayritabiiy rang, oddiy suv sepilganda namoyişçilar tarqalmasligi, xuddi yomğir yoqqanda höl bölganday oddiy qabul qilişi mumkin. Ammo rangli suv ommaviy tartibsizlik iştirokçilarini tezroq tarqatib yuboradi, kamida yuz-qölidagi rangni tozalaş uçun ham tarqalişadi.
Şuni alohida taʼkidlaş joizki, polşalik jurnalist Agneşka Pikulitska ham şu kabi feyk xabarni Twitter sahifasiga joylagan. Keyinçalik esa postni öçirib taşlagan va feyk xabar tarqatgani uçun uzr söragan.









