Toşkent viloyati Piskent tumanidagi jazoni ötaş manzil koloniyalarining birida ikki mahkum örtasidagi janjal ölim bilan yakunlandi. Bu haqda “Zamon” informatsion dasturida maʼlum qilindi.
Voqea joriy yilning 4 iyul kuni 50-sonli manzil koloniya yotoqxonasida sodir bölgan. Muqaddam tört marotaba sudlangan şaxs özaro tortişuv vaqtida boşqa bir mahkumga tan jarohati yetkazgan.
“Keçasi qölida temir bor edi, menga otib qoldi. Şu payt iyagiga urdim, urgan vaqtimda öng oyoği sirpanib ketib, uşlab qolişga harakat qilsam ham yerga tuşdi.”, deydi ayblanuvçi.
Sud hukmi bilan ayblanuvçi Ş.X. Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 3-qismi “d” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Uning ötalmay qolgan jazosini qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil 10 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Avvalroq Navoiy viloyatidagi jazoni ijro etiş muassasasida mahkum vafot etgani haqida xabar bergan edik. IIVga köra, u öz joniga qasd qilgan.
Manba: Qalampir.uz









