Agar Messi "Barselona"ga qaytmoqçi bölsa, klub unga bir neçta şartlarni qöyadi

Agar Messi "Barselona"ga qaytmoqçi bölsa, klub unga bir neçta şartlarni qöyadi

"Barselona" agar Leo Messi jamoaga qaytişni istasa, unga baʼzi şartlarni qöyadi.

Kataloniyaliklar argentinalik hujumçini 2023 yilning yozida, uning "PSJ" bilan şartnomasi tugaydigan vaqtda öz safiga qöşib olmoqçi.

"Barselona" prezidenti Joan Laporta va boş murabbiyi Xavining fikriça, Messi bir neça şartlarga rozi bölsagina futbolçi sifatida klubga qaytişi mumkin. Birinçidan, Leo maoşini sezilarli darajada kamaytirişi kerak, ikkinçidan, maydonda Xavi körayotgan rolni öynaşga rozi bölişi kerak, deb yozmoqda Mundo Deportivo.

Balki Messi qaytganida "Barselona"ning asosiy öyinçilaridan biri maqomini olmasligi mumkin. Klub Leo hujumçi ortida öynab, Pedri yoki Gavi rivojlanişiga xalaqit berişini istamaydi.

"Barselona" Messining qaytişi klubga marketing masalalarida katta foyda keltirişiga işonmoqda. Xususan, “Barselona”ning örtoqlik öyinlari va mavsumoldi turlaridagi jozibadorligi ortadi. Qolaversa, klub muxlislar Leoni qaytarişdan xursand bölişlariga işonmoqda.

Kataloniya klubi Messini qaysi pozitsiyada qöllaş mumkinligini tuşuniş uçun tahlil ötkazadi. "Barselona"da Robert Levandovski borligi sababli argentinalik futbolçi "soxta töqqizlik" pozitsiyasida öynay olmaydi.

Öng qanotda Leo uçun qulay bölişi dargumon, çunki bu pozitsiyada harakat qilib, u markazga ötişni yaxşi köradi. Murabbiylar ştabi agar Messi şu qanotda öynasa, "Barselona" kuçli öng qanot himoyaçisini sotib oliş kerak deb hisoblaydi.

35 yoşli hujumçi joriy mavsumda "PSJ" safida 11 öyinda 6 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oşirdi.


Teglar:
×