Keça soat 16:27da Yakkasaroy tumanining Bobur köçasida joylaşgan xonadonlarning biridan tez tibbiy yordam xizmatiga çaqiriq kelib tuşgan. Şundan söng şifokor B.M. va feldşer ayol J.I. dan tarkib topgan «103» brigadasi çaqiriq manziliga yetib borib, bemor B.J.ga tibbiy yordam körsatgan.
Soğliqni saqlaş vazirligiga köra, ahvoli öta oğir bölganligi sababli B.J.ni zudlik bilan şifoxonaga olib ketişga qaror qilingan. Bemorni transportirovka qiliş çoğida uning öğli asosli sabab bölmasa-da, tibbiy brigada xodimlari bilan tortişib, qöl kötariş darajasigaça borgan.
Oqibatda feldşer J.I. kökrak qafasiga zarba olgan va ahvoli yomonlaşgan. Şunga qaramay, tibbiy brigada öz xizmat burçiga masʼuliyat bilan yondaşib, çaqiriqni yakunlagan, yaʼni bemorni Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining qabul bölimiga olib borgan.
Şundan söng «103» feldşeri J.I. mazkur şifoxonaning xirurgiya bölimi şok zaliga «Kökrak qafasining yopiq jarohati» taşxisi bilan yotqizilgan.
Hozir feldşer J.I. mazkur bölimning intensiv palatasida tegişli davo muolajalarini olmoqda. Ahvoli örta oğirlikda.
Holat yuzasidan içki işlar organlari tomonidan tergovga qadar suriştiruv harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Boş prokuratura matbuot xizmati.
Qayd etilişiça, suriştiruv harakatlari Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.









