Farğonada tez tibbiy yordam xodimlari kaltaklandi

Farğonada tez tibbiy yordam xodimlari kaltaklandi

Joriy yilning 3 avgust kuni Farğona viloyatining Oltiariq tumanida tez tibbiy yordam brigadasi xodimlari kaltaklandi. Bu haqda Farğona viloyati IIB xabar berdi.

Hodisa tumanning “Katput” MFYda yuz bergan. çaqiruvga asosan kelayotgan “tez yordam” xodimlari mazkur köçaning kiriş qismidagi yöl çetida fuqaro M.Q. fuqaro B.M. bilan tortişib turganligi sababli ularni oldiga töxtaşib, B.M.ga yordam bermoqçi bölgan. Şunda M.Q. jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimasdan, haydovçi B.P. va hamşira O.P.ni qöli bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Oltiariq tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan M.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×