Qaşqadaryoda şifokorlar kaltaklandi. Ayol kişi ham ayab ötirilmadi

Qaşqadaryoda şifokorlar kaltaklandi. Ayol kişi ham ayab ötirilmadi

Joriy yil 16 oktyabr kuni soat 08.28 da Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi Qarşi filiali tez tibbiy yordam stantsiyasi Call-markaziga qönğiroq qilgan fuqaro Qarşi şahri, Depo köçasi 28-uyda yaşovçi,1967 yilda tuğilgan Ş. G.huşidan ketgani uçun “tez yordam” çaqirgan. Soat 8.36 da çaqiriq joyiga  vraç A. B., feldşer S. N. hamda haydovçi Ğ. R.dan iborat “Tez yordam” brigadasi jönatilgan va ular manzilga zudlik bilan soat 08.42da yetib borgan. Ammo, öşa xonadonda jam bölgan kişilar tez tibbiy yordam xodimlarini şaxsiyatga tegadigan haqoratli gaplar bilan kutib olişgan.

Vraç va feldşer xonaga kirganida bemor yonboş yotgan, qöllari va oyoqlari bukilgan holatda bölgan. Vraç qon bosimini ölçaş uçun uning qölini töğrilaşga uringanida qöli muzlaganini sezgan. Şundan söng şifokor darhol bemorning böynidagi tomir urişini aniqlaşga harakat qilgan. Tomir urişi sezilmagan, bemor nafas ham olmagan, köz qoraçiğining yoruğlikka taʼsiri tekşirilganida esa umuman reaktsiya bölmagan.

Şundan söng şifokor biologik ölimni qayd etgan. Bu haqda yonida turgan feldşerga maʼlum qilgan. Buni eşitgan orqada turgan ikki erkak kişi feldşer S. N.ning beliga tösatdan kuçli zarb bilan qattiq tepgan. Ayol kişi bölişiga qaramasdan, vraç A. B.ni ham bir vaqtning özida qattiq kaltaklaşgan. Natijada feldşervoqea joyida huşidan ketgan, vraç esa jiddiy tan jarohati olgan.

“Tez yordam” haydovçisi öşa uyda bölganlardan biri kömagida şifokor va feldşerni maşinaga olib çiqib, RŞTYOIM Qarşi filialiga olib kelgan. Mutaxassislar körigi va standart tekşiruvlarda feldşer S.N.ga yopiq boş miya jarohati, boş miya çayqalişi, kökrak, orqa va bel, boş ensa sohasi yumşoq töqimasi lat yeyişi, vraç A. B.ga yopiq boş miya jarohati, boş miya çayqalişi, yumşoq töqimalarning  lat yeyişi taşxisi qöyilgan. Ular ayni paytda RŞTYOIM Qarşi filialining neyroxirurgiya bölimida davolanayapti.

Çaqiriq bölgan xonadondagi marhumning jasadini uning yaqinlari özlarining avtomaşinasida RŞTYOIM Qarşi filialiga özlari olib borişgan. Reanimatsiya bölimi şifokorlari uni taxminan bir soatça avval vafot etganini tasdiqlagan. Şundan söng şifoxona maʼmuriyati içkiişlar bölimiga xabar bergan. Ayni paytda huquqni muhofaza qiliş idoralari voqea tafsilotlarini örganmoqda.

Şu örinda biz ham vaziyatga izoh berib, şuni aytişimiz mumkinki, “tez yordam” brigadasi çaqirilga manzilgan keçikmasdan bor-yöği 6 daqiqada yetib borgan. Har qanday holatda ham yaxşilik qiliş umidida xonadoniga kirib kelgan va öz xizmat vazifasini vijdonan bajarayotgan şifokorga qöl qötariş, tajovuz qiliş, unga tan jarohati yetkazişni aslo oqlab bölmaydi. Bu insoniylikka, xalqimizning yaxşilikka yaxşilik bilan javob qaytarişdek ezgu qadriyatlariga aslo töğri kelmaydi.

Afsuski, keyingi paytlarda xalqimizning asriy qadriyatlariga va anʼanalariga zid bölgan bunday nomaqbul holatlar köpayib borayapti. Ayniqsa, şoşilinç va tez tibbiy yordam körsatiş tizimida bu kabi holatlar kunda-kunora uçrab turibdi.

Şundan kelib çiqib, Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan Oliy Majlis Qonunçilik palatasi kömagida “Özbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga qöşimça kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi işlab çiqilgan edi. Ayni paytda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi mazkur qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Hozirda mazkur qonun loyihasini ikkinçi öqişga tayyorgarlik körilmoqda.

Uşbu hujjat loyihasining qabul qilinişi natijasida tibbiyot xodimlariga nisbatan bunday tajovuzlarni sodir etgan şaxslarga nisbatan uç yildan beş yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosini qöllaş mumkin böladi.

Yana bir bor qayd etiş joizki, şifokor heç qaçon bemorga yomon bölişini istab harakat qilmaydi, u hamişa insonlarga yaxşilik qilişga intiladi. Kömakka muhtoj bemorlarga şifo baxş etiş, favqulodda holatlarda inson hayoti va salomatligini asraş uçun bor kuç va salohiyatini baxş etadi. Şunday ekan, bunday fidoyi kasb egalariga, ularning halol mehnatiga nisbatan adolatsizlik va nohaqliklarning oldini oliş, ularning samarali faoliyat yuritişi uçun zarur şaroitlarni yaratiş muhim vazifadir.

Fuqarolarimiz ham insonlar salomatligi yölida kunu tun xizmat qilayotgan şifokorlar  mehnatini qadrlaşni özlarining vijdoniy burçlari, deb bilişlari va bu borada qonun ustuvorligini taʼminlaşga hamda qatʼiy jamoatçilik nazoratini örnatişga öz hissalarini qöşişlari zarur.

Soğliqni saqlaş vazirligi
Jamoatçilik bilan aloqalar bölimi.

Manba: nnews.uz

×