Rossiya harbiylarining tinkasi quridi – Britaniya razvedkasi

Rossiya harbiylarining tinkasi quridi – Britaniya razvedkasi

Ukraina uruşning borişini özgartirişga muvaffaq böldi va rus qöşinlarining imkoniyatlari “tugadi”. Britaniya hukumati aloqa markazi – elektron razvedka hamda hukumat va armiya idoralari maʼlumotlari himoyasini taʼminlaş uçun masʼul razvedka agentligi rahbari Jeremi Fleming şunday fikr bildirdi.

“Biz bilamiz – joydagi rossiyalik qömondonlar ham bilişadi – ularning taʼminoti va öq-dorilari tugab bormoqda”, deya Flemingning sözlarini keltiradi BBC News.

Uning fikriça, Ukrainadagi uruşning Rossiyaga qöygan xarajati – odam va texnika jihatidan – “hayratlanarli”, çunki bosqin boşida rus qöşinlari erişgan yöqqa çiqarilyapti.

Fleming, şuningdek, Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning uruş bilan boğliq qarorlari notöğri bölib çiqqanini va buni kuç tuzilmalarida ham, butun Rossiya xalqi orasida ham tuşuna boşlaşganini taʼkidlaydi.

“Ular Putin vaziyatni qançalik notöğri baholaganini körişyapti”, deydi u.

Uning taʼkidlaşiça, ruslar safarbarlikdan qoçişga majbur, xorijda erkin sayohat qila olmaydi hamda zamonaviy texnologiyalar va global tendentsiyalar bilan hamnafas böliş keskin çeklanişini bilişyapti.


×