AQŞ Markaziy razvedka boşqarmasi (CIA) direktori Jon Retkliff Rossiya poytaxti Moskvaga eʼlon qilinmagan muzokaralar uçun bordi. Bu haqda BBC’ning AQŞdagi hamkori CBS xabar berdi.
Retkliff keça, 25 avgust kuni Moskvaga yetib borgani aytilmoqda. AQŞ va Rossiya rasmiylari taşrifning maqsadi yoki u kim bilan uçraşgani haqida maʼlumot bermagan.
Parvozlarni kuzatiş maʼlumotlariga köra, AQŞ harbiylariga tegişli C-17 rusumli yirik transport samolyoti 25 avgust kuni Latviya orqali Moskvaga uçgan. Samolyot Moskvadagi Vnukovo aeroportiga taxminan 07:04 GMT da qöngan va 17:00 GMT atrofida Rigaga qaytib kelgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva köçalarida diplomatik kortej harakatlangani aks etgan videolar ham tarqalgan. AQŞ tomoni Ukrainaga Moskvaga yuqori martabali delegatsiya borişi haqida maʼlum qilgan va delegatsiya Rossiyadan çiqib ketgunça Kiyevdan zarbalarni töxtatib turişni söragan, deb xabar bergan CBS’ga ukrainalik yuqori lavozimli amaldor.
Bu Retkliffning CIA direktori sifatida Rossiyaga birinçi taşrifi bölişi mumkin. Buyuk Britaniyaning 2019-2022 yillarda Moskvadagi harbiy attaşesi bölgan Jon Forman taşrif eskalatsiyani boşqariş masalalariga qaratilgan bölişi mumkinligini aytgan.
Uning taʼkidlaşiça, AQŞ odatda yuqori martabali amaldorni qisqa vaqt içida va oldindan eʼlon qilmasdan Moskvaga yubormaydi. Forman muzokaralarda Rossiyada saqlanayotgan AQŞ fuqarolarini ozod qiliş masalasi ham kötarilişi mumkinligini istisno qilmagan.
Qayd etilişiça, Retkliff Rossiyada qamalgan Rossiya-Amerika fuqarosi Kseniya Karelinani ozod qiliş böyiça muzokaralarda iştirok etgan. CIA 2024 yilda Rossiya va AQŞ örtasidagi mahbuslar almaşinuvida ham iştirok etgan. Öşa kelişuv doirasida “The Wall Street Journal” muxbiri Evan Gerşkoviç va sobiq amerikalik dengiz piyodasi Pol Uilan ozod qilingan.
Maʼlumot uçun, AQŞ va Rossiya munosabatlari Moskva 2022 yilda Ukrainaga keng kölamli bosqin boşlaganidan beri keskinlaşgan. Prezident Donald Trampning Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan Alyaskadagi uçraşuvi hamda keyingi tinçlik muzokaralari hozirça sezilarli natija bermagan.









