Joriy hafta örtasida Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğistonga taşrif bilan boradi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Şerzod Asadov brifingda maʼlum qildi.
Davlat rahbari 11 oktyabr kuni Tatariston Prezidenti Rustam Minnixanov bilan uçraşadi.
12-14 oktyabr kunlari davlat rahbari Ostona şahrida Osiyoda hamkorlik va işonç çoralari böyiça kengaşining navbatdagi Sammitida, MDH Davlat rahbarlari kengaşining navbatdagi majlisi hamda “Markaziy Osiyo – Rossiya” Sammitida iştirok etadi.
Şuningdek, Prezident xorijiy davlat va hukumat rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazadi. Jumladan, Vetnam Sotsialistik Respublikasi Vitse-prezidenti Vo Txi An Suan, Pokiston Islom Respublikasi Boş vaziri Şahboz Şarif va bir qator xalqaro taşkilotlar rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar ham közda tutilgan.
Bundan taşqari, Prezident mamlakat iqtisodiy va ijtimoiy rivojiga bağişlangan qator muhokamalar ötkazadi.









