Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Qozoğistonga boradi

Şavkat Mirziyoyev davlat taşrifi bilan Qozoğistonga boradi

Qozoğiston rahbari Qosim-Jomart Toqayev Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqida Akorda naşri xabar berdi.

Suhbat davomida davlat rahbarlari Qozoğiston va Özbekiston örtasidagi strategik şeriklikni ikki tomonlama kun tartibining barça spektrlari böyiça yanada rivojlantiriş masalalari yuzasidan atrofliça fikr almaşdilar.

Savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantiriş, sarmoyaviy hamkorlikni kuçaytiriş, şuningdek, sanoat, maşinasozlik, transport-logistika, qişloq xöjaligi va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni amalga oşirişga ustuvor ahamiyat berildi.

Köp qirrali Qozoğiston-Özbekiston munosabatlariga amaliy turtki beriş maqsadida suhbatdoşlar joriy yil oxirigaça Özbekiston rahbari Şavkat Mirziyoyevning Qozoğistonga davlat taşrifini taşkil etiş böyiça kelişuvga erişdi.

Şu munosabat bilan ikki davlat hukumatlariga bölajak oliy darajadagi muzokaralarni sifatli mazmun bilan ötkazişni taʼminlaş topşirildi.

×