Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayevning taklifiga binoan 5-6 dekabr kunlari davlat taşrifi bilan Qozoğistonda böladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati maʼlum qildi.
Taşrif dasturiga muvofiq, Nur-Sulton şahrida oliy darajadagi uçraşuv va muzokaralar bölib ötadi, ularda ikki xalq örtasidagi döstlik, yaxşi qöşniçilik va strategik şeriklik munosabatlarini yanada mustahkamlaş yöllari körib çiqiladi.
Şuningdek, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytiriş, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari suriş, madaniy-gumanitar almaşinuv dasturlarini faollaştirişning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.
Bundan taşqari, Özbekiston va Qozoğiston yetakçilari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almaşadilar va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yönalişlarini muhokama qiladilar.
Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar töplamini imzolaş rejalaştirilgan.
Taşrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakçi kompaniya va tadbirkorlari iştirokida biznes-forum ham ötkaziladi.









