Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Rossiya Federatsiyasida böladi

Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Rossiya Federatsiyasida böladi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24 iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy taşrif bilan Moskva şahrida böladi.

Taşrifning birinçi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar ötkaziş rejalaştirilgan. Köp qirrali Özbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari körib çiqiladi.

24 iyun kuni davlatimiz rahbari faşizm ustidan qozonilgan Buyuk Ğalabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda iştirok etadi.

×