20 may kuni Haagadagi Xalqaro jinoiy sud prokurori Karim Xon Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga oliş yuzasidan sörov bergan edi.
Hujjatda qayd etilişiça, har ikki şaxsni «Falastin hududida (Ğazo sektori) 2023 yil 8 oktyabrdan buyon sodir etilgan uruş jinoyatlari va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun javobgar» deb hisoblaş uçun yetarli asoslar bor.
Karim Xon, şuningdek, HAMASning uç yetakçisini ham hibsga oliş uçun order cöragan.
Uşbu hodisaga munosabat bildirgan Binyamin Netanyahu xalqaro mahkamani terrorizmni qöllab-quvvatlaşda ayblagan. U, şuningdek, prokuror Karim Xonga tahdid qilgan.
«Men istagan davlatimga bemalol sayohat qila olaman. Ammo meni hibsga olişga order bergan prokuror Karim Xon ehtiyot bölgani maʼqul, u hamma yerga ham sayohat qila olmaydi», – degan u.
Gap şundaki, xalqaro mahkamaning uşbu qaroriga Isroilning yaqin ittifoqçi AQŞ qarşi çiqdi.
«Bu prokuror nimani nazarda tutganidan qatʼi nazar, Isroil va HAMAS örtasiga tenglik belgisini qöyiş mumkin emasligini aytmoqçiman. Biz xavfsizlikka tahdid borasida hamişa Isroil tomonida bölamiz», – degan AQŞ prezidenti Jo Bayden.
Oq uy rahbari xalqaro mahkama qarori yuridik hujjat ekani va uni siyosatdonlar tomonidan muhokama etiş nomaqbul holat ekaniga eʼtibor qaratmagan.
AQŞ senati aʼzosi Lindsi Grem esa Xalqaro jinoiy sud mansabdorlariga sanktsiya kiritiş bilan tahdid qilgan.
Xalqaro mahkama prokurori Karim Xonga köra, Isroilning yuqori rutbali amaldorlariga nisbatan tergov olib boriş payti unga pöpisa va tahdidlar bölgan, hatto amaldorlardan biri xalqaro mahkama Ğarb va uning ittifoqçilari uçun emas, balki «Afrika va Putin kabi kallakesarlar uçun tuzilgani»ni uqtirgan.
Ğazoda köp sonli tinç aholi vakillari ölimida ayblanayotgan Binyamin Netanyahu va Yoav Galantni hibsga oliş haqida qarorni Frantsiya, Irlandiya, Belgiya kabi davlatlar qöllab-quvvatlagan.
«Frantsiya Xalqaro jinoiy sudning mustaqilligi va barça holatlarda jazosizlikka qarşi kuraşiş tamoyilini qöllab-quvvatlaydi», – deyiladi rasmiy Parij bayonotida.
Yevropa Ittifoqi boş diplomati Jozep Borrel ham YEIning Rim statutiga qöşilgan barça davlatlari mahkama qarorini bajarişi kerakligini eslatgan.
Isroil armiyasi Ğazoga HAMAS harakati hujumiga javoban bostirib kirganidan buyon davom etayotgan uruşda 35647 nafar falastinlik halok böldi, 79852 nafari jarohatlandi.
Avvalroq xalqaro advokatlar guruhi boş vazir Binyamin Netanyahuni Ğazodagi genotsid jinoyati sabab hibsga olişga uringan edi.
Maʼlumot örnida, Netanyahu öz mamlakatida ham korruptsiya böyiça ayblovlar yuzasidan sudlanmoqda.









