Limitdan oşgan elektr uçun 900 söm emas, 540 sömdan tölanişi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Limitdan oşgan elektr uçun 900 söm emas, 540 sömdan tölanişi haqidagi xabarlarga rasmiy munosabat bildirildi

Vazirlar Mahkamasining 894-son qarori talablari notöğri talqin qilinmoqda. Qoidalarning 85-bandida maişiy isteʼmolçilar közda tutilmagan, deyiladi Energetika vazirligi munosabatida.

Ijtimoiy tarmoqlarda «Elektr energiyasi isteʼmoli 200 kilovattdan oşsa, har bir kilovatt uçun 900 söm emas, 540 sömdan tölanadi» mazmunida notöğri maʼlumot aylanmoqda.

Uşbu noaniqlik Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 27 dekabrda imzolangan 894-son qarori bandlarining notöğri talqin qilinişi tufayli yuzaga kelmoqda. Unga köra, Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 31 maydagi 319-son qarori bilan tasdiqlangan «Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari»ning 85-bandiga «Hisob-kitob davrida isteʼmolçilar tomonidan (maişiy isteʼmolçilardan taşqari) elektr energiyasi isteʼmoli şartnomaviy miqdordan 20 foiz va undan ortişiga yöl qöyilgan taqdirda, ortiq isteʼmol qilingan elektr energiyasi uçun belgilangan tarifning 1,2 baravari miqdorida qöşimça tölov undiriladi», deya özgartiş kiritilgan.

Bu yuridik isteʼmolçilar özlari uçun belgilangan limitdan 20 foiz va undan köp miqdorda elektr energiyasi (tabiiy gaz emas!) isteʼmol qilganlarida, ortiqça işlatilgan har bir kVt⋅soat uçun qöşimça 20 foiz miqdorida haq tölaşlari lozimligini anglatadi (bunga qadar ikki baravar haq tölaşlari közda tutilgan edi). Demak, texnik şartida bir oy mobaynida 100 ming kVt⋅soat elektr energiyasi sarflaşi közda tutilgan işlab çiqariş tsexi oy mobaynida 125 ming kVt⋅soat elektr energiyasi isteʼmol qilsa, ortiqça işlatilgan 5 ming kVt⋅soat uçun 900 sömdan emas, 1080 sömdan tölov qiladi.

Aholi isteʼmolçilari III tarif guruhiga mansub bölib, maişiy isteʼmolçilar sanaladi. Qoidalarning tegişli bandida esa aniq-ravşan qilib «maişiy isteʼmolçilardan taşqari» deya körsatib ötilgan, deyiladi vazirlik xabarida.


Teglar:
×