Ana xolos! Farğonada pistolet sotişayotgan ekan

Ana xolos! Farğonada pistolet sotişayotgan ekan

Marğilon şahrida ötkazilgan tezkor tadbirda 59 yoşli S.A. bir dona Makarov pistoletini sotayotgan vaqtida uşlangan.

Özbekiston Respublikasi IIV Jinoyat qidiruv boş boşqarmasi tomonidan berilgan maʼlumotga köra, 2019 yilning 7 sentyabr kuni Farğona viloyati IIB Jinoyat qidiruv boşqarmasi xodimlari boşqa huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari bilan hamkorlikda Farğona viloyatining Marğilon şahrida ötkazgan tezkor tadbiri davomida 59 yoşli S.A. bir dona 1954 yilda işlab çiqarilgan Makarov pistoletini öqlarsiz sotayotgan vaqtida qölga olingan.

Holat yuzasidan S.A.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 248-moddasi (Qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş) 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar berdi Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va OAV bilan aloqalar boşqarmasi.

×