Bugun prezident rasmiy taşrif bilan Vengriyaga boradi

Bugun prezident rasmiy taşrif bilan Vengriyaga boradi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Vengriya tomonining taklifiga binoan 3-4 oktyabr kunlari rasmiy taşrif bilan uşbu mamlakatda böladi.

Ikki mamlakat yetakçilarining ötgan yil mart oyida Toşkent şahrida ötgan uçraşuvida erişilgan kelişuvlarga muvofiq, bölajak sammit davlatimiz rahbarining javob taşrifi ekanini taʼkidlaş joiz.

Taşrif doirasida Budapeşt şahrida Vengriya Prezidenti Katalina Novak va Boş vaziri Viktor Orban bilan oliy darajadagi muzokaralar bölib ötadi.

Özbekiston-Vengriya sammitining kun tartibidan strategik şeriklik munosabatlarini yanada rivojlantiriş, eng avvalo, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, qişloq xöjaligi, moliyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda köp qirrali hamkorlikni kengaytirişning dolzarb masalalari örin olgan.

Özaro savdoni köpaytiriş, farmatsevtika, agrosanoat majmui, maşinasozlik, suvni tejaş va boşqa yönalişlarda sanoat kooperatsiyasini çuqurlaştirişga qaratilgan qöşma loyiha va dasturlarni amalga oşirişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Xalqaro va mintaqaviy siyosat masalalari, şu jumladan Turkiy davlatlar taşkiloti doirasidagi hamkorlik yuzasidan ham fikr almaşiladi.

Muzokaralar yakunida qöşma bayonot va ikki tomonlama hujjatlarning salmoqli töplamini imzolaş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, davlatimiz rahbari Vengriyaning yetakçi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uçraşuv ötkazişi közda tutilgan.


×