Joriy yilning 15 fevral kuni ijtimoiy tarmoqda quyidagi norasmiy va asossiz:
“Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali yengil avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga solişning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida"gi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilindi. Qarorga muvofiq, «tonirovka» narxlari orqa oyna (lobovoy) uçun tekin, orqa yon oyna uçun esa quyidagiça narxlar belgilanadi:
- jismoniy va yuridik şaxslarga — BHMning (bazaviy hisoblaş miqdori) 5 baravari (1 mln 115 ming söm);
- xorijiy davlatlar yuridik şaxslariga — BHMning 20 baravari (4 mln 460 ming söm).
Ilgari bu miqdor tegişliça jismoniy va yuridik şaxslar uçun bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravarini taşkil etgan.
Old va orqa yon oynalar uçun (barça yon oynalar):
jismoniy va yuridik şaxslarga — BHMning 25 baravari (5 mln 575 ming söm);xorijiy davlatlar yuridik şaxslariga — BHMning 80 baravari (17 mln 840 ming söm) etib belgilandi” izohi keltirilgan xabarlar tarqaldi.
Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 18 iyuldagi “Tusi özgartirilgan (qoraytirilgan) oynali avtotransport vositalaridan foydalanişni tartibga soliş çora-tadbirlari töğrisida”gi 547-son Qarorning 2-bandi, “v” kiçik bandiga köra:
“M1, N1 va N2 toifaga oid avtotransport vositalari oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş uçun tölov stavkalari:
- orqa yon oynalar böyiça jismoniy şaxslar uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravari miqdorini, yuridik şaxslar uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining ön baravari miqdorini va Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining yigirma baravari miqdorini;
- orqa va old yon oynalar böyiça jismoniy şaxslar uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravari miqdorini, yuridik şaxslar uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining ellik baravari miqdorini va Özbekiston Respublikasida faoliyat körsatayotgan xorijiy davlatlar yuridik şaxslari uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining sakson baravari miqdorini taşkil etadi” - deya körsatib ötilgan.
Uşbu Qarorning 2-bandi “g” kiçik bandiga köra:
- M2, M3 toifaga oid III klass avtotransport vositalari yon oynalarining tusini özgartirişga (qoraytirişga) ruxsatnoma beriş uçun tölov stavkalari ularning egalari huquqiy holati inobatga olingan holda uşbu bandning «v» kiçik bandi uçinçi xatboşisiga muvofiq belgilanadi” – deya körsatib ötilgan. Uşbu qaror talablari ayni vaqtda amalda bölib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabarlar asossiz maʼlumot hisoblanadi.









