Nazarboyevni banknotlardan ham öçiriş boşlandi

Nazarboyevni banknotlardan ham öçiriş boşlandi

Qozoğistonda 20 ming tenge nominalidagi yangi banknotadan mamlakatning Birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyevning portreti olib taşlandi. Bu haqda KazTAG xabar bermoqda.

Banknot joriy yilning 1 oktyabridan muomalaga kiritilgan. Uning old tomonida Qozoğistonning davlat ramzlari, “Qozoq eli” monumenti, “Mangu yurt” tantanali arkasi, qozoq milliy ornamentining parçasi “Baskur” hamda Mustaqillik yillarini ifodalovçi “30” raqami tasvirlangan. Orqa tomonda Ostona va Akorda qarorgohining panoramali körinişi mavjud. Banknotda 25 ta himoya elementi mavjud va u dunyodagi eng xavfsizlaridan biri hisoblanadi, deyiladi xabarda.

Şu paytgaça mamlakatda 2015 yil va 2021 yil dekabrida 20 ming tengelik banknotalar muomalaga çiqarilgan. Ahamiyatlisi, yanvardagi tartibsizliklardan bir oy oldin çiqarilgan banknotlarda birinçi Prezident Nursulton Nazarboyevning surati aks etgan. Keyinroq Milliy bank bu banknot Qozoğiston mustaqilligining 30 yilligi şarafiga çeklangan tirajda çiqarilganini maʼlum qilgan.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 17 sentyabr kuni Qozoğiston poytaxti nomi Nur-Sultondan Ostonaga qaytarilgan edi. Bundan köp ötmay, "Qozoğiston Birinçi Prezidenti kuni" davlat bayramlari qatoridan çiqarib taşlandi.


×