Bugun, 1 yanvar kuni Toşkent şahridagi «Samarqand darvoza» savdo majmuasi oldida aholi yiğilib, qölbola öt öçiriş moslamasini portlatişgani va oqibatda 3 kişi yaralandi. Holat yuzasidan Şahar içki işlar Boş boşqarmasi köşimça maʼlumot berdi.
Natijada, muşakbozlikni telefoni kamerasiga tasvirga olayotgan fuqarolar, 1997 yilda tuğilgan M.S. (Taşxis: qorin yumşoq töqimalari lat yeyişi), 1999 yilda tuğilgan M.A. (Taşxis: öng oyoq boldir, tovon sohalari yirtilgan jarohati) hamda 2006 yilda tuğilgan X.N. (Taşxis: öng oyoq panja qismi yirtilgan, majaqlangan jarohati, oyoq barmoqlari notöliq amputatsiyasi) turli körinişdagi jarohat olganlar.

Maʼlum qilinişiça, Şayxontohur tumani IIO FMB Tergov bölimi tomonidan 4 nafar fuqaroga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 250-moddasi (“Portlaş xavfi bölgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalaniş qoidalarini buziş”) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.









