Navoiylik ota-onalarga qöllangan noqonuniy jazo bekor qilindi

Navoiylik ota-onalarga qöllangan noqonuniy jazo bekor qilindi

21 sentyabr kuni Navoiy viloyatining Karmana tumani kasb-hunar maktabida öquvçi qizlar behayo raqsga tuşgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib keng muhokamalarga sabab bölgan, keyinçalik bu öquvçilarning ota-onalari jarimaga tortilgandi (Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41-moddasi 1-qismi bilan).

Navoiy viloyati adliya boşqarmasi «Xabar.uz»ga maʼlum qilişiça, farzandlarining raqsi uçun ota-onalarga nisbatan qöllanilgan maʼmuriy jarima noqonuniy va u bekor qilindi!

Videorolik voqeasi yuzasidan Navoiy viloyati adliya boşqarmasi, xususan, quyidagilarni maʼlum qildi.

«Maʼmuriy huquqbuzarlik deganda maʼmuriy javobgarlikka tortiş nazarda tutilgan, şaxsga, fuqarolarning huquqlari va erkinliklariga, mulkçilikka, davlat va jamoat tartibiga, tabiiy muhitga tajovuz qiluvçi ğayrihuquqiy harakat yoki harakatsizlik tuşuniladi (MJtK, 10-modda).

Şuningdek, MJtKning 47-moddasida ota-onalar yoki ularning örnini bosuvçi şaxslar tomonidan voyaga yetmagan bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, şu jumladan voyaga yetmagan bolalarning maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etişiga olib kelişi belgilangan tartibda jarima solişga sabab bölişi nazarda tutilgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan uşbu videorolikdagi hatti-harakatlar, xususan, alohida bir holatda qizlar davrasida raqs tuşilişi “ota-onalarning bolalarni tarbiyalaş va ularga taʼlim beriş borasidagi majburiyatlarni bajarmasligi” deb notöğri huquqiy kvalifikatsiya qilingan, yaʼni mazkur holatda maʼmuriy huquqbuzarlik tarkibi mavjud emas.

Voyaga yetmagan öquvçi qizlarning raqs uslublari Özbekiston jamiyatidagi umumtarqalgan maʼnaviy qadriyatlarga töla mos kelmasligi mumkin, lekin insonlarning axloqiy ölçamlari va qaraşlari qonunlar bilan belgilangan normalardan notöğri foydalanişga, ayniqsa javobgarlikka tortişga olib kelmasligi lozim.

Qaysi harakat yoki harakatsizlik uçun javobgarlik kelib çiqişi, qonunlarda aniq belgilab qöyilgan.

Şu asosga köra, qöllanilgan jarima bekor qilindi.

Özbekiston Respublikasining «Bola huquqlari kafolatlari töğrisida»gi qonuniga asosan:

– bolaning şaʼni va qadr-qimmatini himoya qiliş davlat siyosatining asosiy yönalişlaridan biri hisoblanadi (4-modda);

– har bir bola erkinlik va şaxsiy daxlsizlik huquqiga, öz şaʼni va qadr-qimmatiga qilingan tajovuzlardan, şaxsiy hayotiga ğayriqonuniy aralaşuvlardan himoyalaniş huquqiga ega (10-modda).

Xalqaro huquq normalariga töla mos keluvçi uşbu qonunda belgilangan kafolatlar har bir bola uçun maktab hududi böladimi, şaxsiy uy-joy böladimi, har qanday holatda taʼminlanişi şart.

Bundan taşqari, ota-onalarning bayon etişiga köra, lavha rasmiy manbalar va markaziy telekanallar orqali yoritiliş jarayonida maktab öquvçilari hamda ota-onalar intervyu beriş yuzasidan bosim ostida qolgan.

Natijada, voyaga yetmagan bolalar öz tengdoşlari, maktab maʼmuriyati, ota-onalari va keng jamoatçilik oldida sazoyi qilingan.

Uşbu nomaqbul harakatlar voyaga yetmaganlarning soğligi va salomatligiga, ruhiy barqarorligiga öta jiddiy taʼsir qilgan va ularning şaʼni va qadr-qimmati tahqirlanişiga olib kelgan. Eng asosiysi voyaga yetmaganlarga nisbatan bunday harakatlar noqonuniydir.

Yuqoridagi qonunga asosan, bola fikrlaş erkinligi huquqiga ega (17-modda), inson qadr-qimmatini tahqirlovçi, bolalarga zararli taʼsir körsatuvçi ommaviy axborot vositalaridan foydalaniş taqiqlanadi (16-modda).

Şuningdek, mazkur masalada baʼzi bir ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar hamda televideniye orqali berilgan intervyularda maktab maʼmuriyati rahbari va ayrim öqituvçilariga nisbatan «hayfsan» va «jarima» intizomiy jazo çorasi qöllanilganligi va ular egallab turgan lavozimidan ozod etilganligi bayon etilgan.

Uşbu holat ham adliya organlari tomonidan örganilganda maktabning heç bir xodimi bilan mehnat şartnomasi bekor qilinmaganligi maʼlum böldi.

Şu örinda adliya organlari tarbiya va axloq, xalqimizning maʼnaviy qadriyatlari, uşbu qadriyatlarga mos ravişda kelajak avlodni tarbiyalaş şubhasiz, jamiyatimizning muhim böğini ekanligini töliq eʼtirof etadi, şu bilan birga axloqiy masalalarni hal etişda huquq normalarining asossiz qöllanilişi va bu orqali şaxslarning Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan huquq va manfaatlariga daxl etiş mumkin emasligini eslatib ötadi».


×