Adliya vazirligi Özbekiston 1 oktyabrdan qonunçiligida nimalar özgarişi haqida maʼlumot taqdim etdi. Unga köra, 2022 yil 1 oktyabrdan:
- Kasanaçilarga ajratiladigan subsidiya miqdori oşiriladi.
- Bolalar uçun möljallangan tele- va radiomahsulotlarni işlab çiqariş böyiça tanlov eʼlon qilinadi.
- Dasturiy mahsulotlar işlab çiqişga 1 milliard sömgaça grant ajratiladi.
- Ayrim sohalarda davlat kosmik monitoringi yölga qöyiladi.
- Qoraqalpoğistondagi yoş tadbirkorlarga 7 yilga qarz beriladi.
- Köp kvartirali uy-joylarning zilzilabardoşligi tekşiriladi.
- Bolalarning qonuniy vakillari töğrisidagi maʼlumotlar Pensiya jamğarmasiga elektron beriladi.
- AKT sohasidagi öquv kurslari uçun taʼlim krediti ajratiladi.
- Mol-mulkka taqiq qöyilganligi töğrisidagi elektron maʼlumotlar banki joriy etiladi.
- “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari tarbiyaçilari malaka oşiriş kurslarida öqitiladi.
- “Insofsiz ijroçilarning yagona reyestri” yuritiladi.
- Közi ojiz bolalarni maktabga tayyorlov guruhlari taşkil qilinadi.
- Quyoş va şamol elektr stantsiyasi hamda quyoş suv isitiş qurilmalarini 3 yil mobaynida foizsiz bölib-bölib tölagan holda sotib oliş imkoniyati yaratiladi.









