Alişer Usmonovning jiyani “Everton” rahbariyatidan ketdi

Alişer Usmonovning jiyani “Everton” rahbariyatidan ketdi

Asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan milliarder Alişer Usmonovning jiyani Sarvar Ismoilov Angliyaning “Everton” klubi direktorlar kengaşidan isteʼfoga çiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

“Qaror Ismoilov tomonidan qabul qilingan va darhol kuçga kiradi”, deyiladi rasmiy bayonotda.

26 yoşli mutaxassisning “irislar”dan ketişiga “şaxsiy va tibbiy omillar” sabab bölgan. Bundan taşqari, Ismoilov ayollar jamoasida ijroçi, sport va tijorat direktori lavozimidan ham ozod etilgan.

Eslatib ötamiz, Sarvar Ismoilov joriy yil “Everton” direktorlar kengaşi aʼzosi etib tayinlangan va ötgan yili ayollar jamoasida ham öz faoliyatini boşlagan edi.

Maʼlumot uçun, milliarder Alişer Usmonov liverpulliklarning hamkori va klub egasi Farhod Moşirining yaqin dösti hisoblanadi.

×