Rossiyalik milliarder Alişer Usmonovga nisbatan pul yuviş ayblovlarini tekşirayotgan Germaniya politsiyasi unga tegişli bölgan “Dilbar” superyaxtasida tintuv ötkazdi. Bu haqda keça, 27 sentyabr kuni BBC mamlakat prokuraturasiga tayanib xabar berdi. Usmonovning matbuot xizmati yaxta unga tegişli emasligini aytmoqda.
Prokuror bayonotida kema va uning egasi nomi aytilmagan, biroq u 69 yoşli rossiyalik tadbirkor ekani va tintuv ötgan hafta politsiya Usmonov nomidagi villada tintuv ötkazgan tergovning bir qismi bölgani aytilgan. Oligarx matbuot xizmatining bayonoti gap “Dilbar” yaxtasida tintuv haqida ketayotganini tasdiqlaydi.
Usmonov Rossiya davlati bilan aloqalari tufayli Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan, uning Yevropadagi aktivlari muzlatilgan va Ittifoq hududida sayohat qilişi taqiqlangan.
Usmonov Yevropa Ittifoqining sanktsiya hujjatlarida “kremlparast oligarx” va “Vladimir Putinning sevimli oligarxlaridan biri” sifatida tasvirlangan.
Prokurorlarning taʼkidlaşiça, yaxta egasi jinoiy huquqbuzarliklar, xususan, soliq tölaşdan böyin tovlaşdan olingan mablağlarning kelib çiqişini yaşiriş maqsadida 2017-2022 yillar oraliğida millionlab yevrolik moliyaviy operatsiyalarni amalga oşirganlikda gumon qilinmoqda.
Germaniyada boyligi taxminan 14,6 milliard dollarga teng Usmonovga oid ikkita alohida tergov işi yuritilmoqda.
Federal jinoiy politsiya boşqarmasi maʼlumotlariga köra, yaxtaning narxi yarim milliard yevroni taşkil qiladi.
Aprel oyida Germaniya rasmiylari kema Usmonovga aloqadorligi rasman tasdiqlangaç, superyaxtani qölga oldi. Ayni vaqtda Germaniya federal politsiyasi kema Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilovaga tegişli ekanligini aniqlagan.
Usmonovning matbuot xizmati keça keçqurun bayonot çiqarib, yaxtaning oligarxga aloqadorligini qatʼiyan rad etdi. Usmonov vakillarining sözlariga köra, 2017 yilda yaxta Sisters Family tresti balansiga ötkazilgan, undan foyda oluvçilar orasida Usmonovning singlisi Gulbahor ham bor edi. Biroq, Yevropa sanktsiyalari kiritilgandan söng, u benefitsiarlar qatoridani çiqarildi, jamğarma mustaqil boşqaruvçi tomonidan boşqariladi.
Bayonotda, şuningdek, “sönggi bir neça yil içida” Usmonov yaxtadan ijara asosida foydalangani, buning uçun u bozor şartlarida pul tölagani, bu tegişli hujjatlar bilan tasdiqlangani aytiladi.
“Şunday qilib, janob Usmonov ham, uning singlisi ham, qarindoşlaridan birortasining ham hozir bu mulkka aloqasi yöq.
Ötgan oylar davomida takror aytyapmiz, Alişer Usmonov uşbu oilaviy jamğarmalarni yaratib, öz mulkining bir qismini ularga ötkazar ekan, maqsad öz yaqinlari va ularning oila aʼzolarining farovonligini taʼminlaş bölgan, mol-mulkni yaşiriş emas”, deyiladi matbuot xizmati izohida.
Qayd etilişiça, mol-mulkni oilaviy fondlarga ötkaziş amaldagi jahon amaliyotiga muvofiq mutlaqo qonuniy tartibda amalga oşirilgan.
Avvalroq, Germaniya politsiyasi uning villalarida tintuv ötkazgani va noyob buyumlarni topgani haqida xabar bergan edik. Topilmalar orasida qimmatbaho Faberje tuxumlari ham bor.
Alişer Usmonov AQŞ, Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi sanktsiyalari ostida. U Rossiyadagi oltinçi boy, Metalloinvest va Megafon kompaniyalarining egasi. Uning boyligi sanktsiyalar joriy qilinganidan keyin 21,6 milliard dollardan 18,9 milliard dollarga tuşib ketdi. Avvalroq Germaniya Usmonovning 750 million dollarlik Dilbar superyaxtasini hibsga olgan edi.
Bahorda Usmonov Yevropa Ittifoqining Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişiga javoban unga nisbatan qattiq sanktsiyalar qöllaş qarori ustidan şikoyat qilgan. Usmonov 29 aprel kuni YEI Boş sudiga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilib, sudyalar yakuniy qarorga kelguniga qadar sanktsiyalarni töxtatib turişni söragan.
Qayd etilişiça, Yevropa Ittifoqining sanktsiyalari böyiça sud jarayoni bir neça yil davom etişi va kamdan-kam hollarda ular qaratilgan şaxslarning ğalabasiga olib kelişi mumkin. Xususan, qoçoq Ukraina sobiq prezidenti Viktor Yanukoviç va uning öğli 2014 yildan beri, hattoki ularni 2020 yilgi sanktsiyalarga kiritiş böyiça sudlarda ğalaba qozonganidan keyin ham Yevropa Ittifoqining sanktsiyalar röyxatida qolmoqda.
16 sentyabr holatiga köra, Germaniya kamida 4,88 milliard yevrolik Rossiya aktivlarini









