Alişer Usmonovning rafiqasi: "Qarşi çiqqanlardan minnatdorman"

Alişer Usmonovning rafiqasi: "Qarşi çiqqanlardan minnatdorman"

Butunrossiya badiiy gimnastika federatsiyasi (BBGF) prezidenti Irina Viner-Usmonova rossiyalik sportçilarni xalqaro musobaqalardan çetlaştirişga qarşi çiqqan Jahon olimpiyaçilar assotsiatsiyasi (JOA) bayonoti haqida gapirdi.

“Men juda xursandman va sportçilarimizni musobaqadan çetlaştirişga qarşi çiqqanlardan minnatdorman. Lekin bu men uçun yangilik emas. Işonçim komilki, butun dunyo Rossiyaning çiqişlarini xohlaydi!” — dedi Viner-Usmonova.

Uning taʼkidlaşiça, rossiyalik sportçilar dam olmasliklari va maşğulotlarni davom ettirişlari kerak, şuningdek, jahon miqyosida özlarining musobaqalarini ötkazişlari lozim.

“Rossiya nihoyatda ulkan davlat. Bu yerda juda köp ajoyib sportçilar bor, ular barça musobaqalarda qatnaşa olişlarini kutmoqdalar va umid qilmoqdalar”, dedi Usmonova.

×