Futbol böyiça Özbekiston Superligasining 17-turidan örin olgan ikkita öyin 28 avgust, yakşanba kuni bölib ötdi.
Turning markaziy öyini «Navbahor» va «Paxtakor» iştirokida keçdi. Uçraşuvning birinçi bölimida hisob oçilmadi. Ikkinçi bölim debyutida Jamşid Iskandarov jarima maydoni taşqarisidan zarba yöllab, çiroyli golga muallif böldi.
Oradan ön daqiqa ötib Hojiakbar Alijonov qanotdan yorib kirgan holda darvozaning yuqori burçagini aniq nişonga oldi. Uçraşuvning keyingi daqiqalarida hisob özgarmadi.
«Navbahor» 33 oçko bilan peşqadamlikni saqlab qoldi, 32 oçkoga ega «Paxtakor» esa ikkinçi öringa kötarildi.
«Bunyodkor» safarda «Dinamo»ga qarşi bahs olib bordi. 25-daqiqada Şohruh Abdurahmonov mezbonlarni oldinga olib çiqqan bölsa, 57-daqiqada Usmonali Ismonaliyev muvozanatni tikladi. 64-daqiqada Dmitriye Pobuliç «Bunyodkor»ning ikkinçi golini urdi.
Oradan köp ötmay mehmonlar hisobni işonçli körinişga kelitirişi mumkin edi, biroq Ismonaliyev penaltidan unumli foydalana olmadi.
Uşbu ğalabadan keyin «qaldirğoçlar» oçkolarini 20 taga yetkazib olgan holda 7-poğonaga kötarildi, «Dinamo» (7) 14-örinda bormoqda
Superliga
17-tur bahslari
28 avgust, yakşanba
«Navbahor» — «Paxtakor» 1:1
Gollar: 1:0 – 47 Iskandarov, 1:1 – 57 Alijonov.
«Navbahor»: 1.Ötkir Yusupov, 4.Boyan Siger, 6.Rustamjon Aşurmatov, 10.Jamşid Iskandarov (7.Azimjon Ahmedov, 87), 14.Jamşid Boltaboyev, 17.Diyor Turopov (20.Doniyor Abdumannopov, 46), 22.Igor Golban, 23.Yovan Jokiç, 24.Davron Hoşimov, 30.Aleksandr Kasyan (32.Zoran Maruşiç, 41), 77.Asadbek Sobirjonov (8.Mirlan Murzayev, 87).
«Paxtakor»: 35.Sanjar Quvvatov, 3.Hojiakbar Alijonov, 5.Aleksandr Nasonov, 7.Odiljon Hamrobekov, 8.Azizbek Turğunboyev (17.Doston Hamdamov, 66), 10.Dragan Çeran (63.Muhammadali Örinboyev, 90+1), 13.Iliya Martinoviç (42.Abbos Fayzullayev, 71), 19.Pşemislav Banaşak, 27.Sardor Sobirxöjayev, 34.Farruh Sayfiyev, 88.Şahzod Azmiddinov.
Ogohlantirişlar: Azmiddinov (76), Boltaboyev (80).
«Dinamo» — «Bunyodkor» 1:2
Gollar: 1:0 – 25 Abdurahmonov, 1:1 – 57 Ismonaliyev, 1:2 – 64 Pobuliç.
«Dinamo»: 12. Miloye Prekoviç, 5. Maxaylo Yovanoviç, 6. Ibrohim Yöldoşev, 7. Şohruh Abdurahmonov, 9. Tölqin Ergaşev (19. Islom Şaripov, 46), 15. Jörabek Mannonov, 17. Erkin Boydullayev, 22. Abdujamol Isroilov, 27. Marat Bikmayev (97. Faxriddin Alimov, 84) 78. Elguja Grigalaşvili, 88. Yevgeniy Çumak (11. Sahob Raşidov, 71).
«Bunyodkor»: 32. Suhrob Sultonov, 4. Davronjon Ergaşev, 5. Jasur Yoqubov, 8. Frensis Narx, 10. Rasul Yöldoşev (99. Umid Sultonov, 85), 11. Dmitriye Pobuliç (19. Bilol Tupliyev, 85), 15. Jasur Hakimov, 25. Muhammadsafo Fozilov, 33. Umarali Rahmonaliyev (6. Avaz Ölmasaliyev, 71), 34. Suhrob Izzatov, 49. Ibrohim Tomiva (22. Usmonali Ismonaliyev, 32).









