Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrida mototsiklçi qiz va Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasining xizmat maşinasi – Lacetti poyga öynagani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur videolar yuzasidan poytaxt Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov munosabat bildirdi.
Unga köra, YPX inspektori mototsikl haydovçisining hujjatlarida kamçilik aniqlagan va şu sababli mototsiklni jarima maydonçasiga joylaştirişi kerak bölgan. Haydovçi esa ulovni özi jarima maydonçasiga olib borgan. Holat böyiça bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Şuningdek, Qahramon Xudoyberganov öz munosabatiga mototsiklning jarima maydonçasiga joylaştirilgani töğrisidagi hujjatni ilova qilgan. Hujjatda voqea joriy yilning 7 iyul kuni ertalab soat 04:30 lar atrofida sodir bölganini köriş mumkin.
Bundan taşqari, mototsikl haydovçisi joriy yilning 11 iyul kuni özining Instagram sahifasida joylaştirgan videoda deyarli teng tezlikda ketayotgan transport vositalari mototsikl va Lcetti’ning 100 kilometr/soat tezlikda harakatlanayotganini köriş mumkin. Qahramon Xudoyberganov esa öz munosabatida holatning mazkur tomonlariga izoh berib ötmagan.









