Namanganda 4 nafar şaxs tovlamaçilik yöli bilan ming dollar talab qilayotganda uşlandi

Namanganda 4 nafar şaxs tovlamaçilik yöli bilan ming dollar talab qilayotganda uşlandi

Namangan viloyati Namangan şahrida tovlamaçilik yöli bilan fuqarodan pul talab qilgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar qildi.

IIV Uyuşgan jinoyatçilik va qurol bilan qonunga xilof ravişda muomala qilişga qarşi kuraşiş bölimi hamda DXX xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan. Jarayon davomida Namangan şahrida yaşovçi fuqaro N.B. (1977 yilda tuğilgan)ga Ohangaron tumanida joylaşgan «Rohat» çoyxonasi oldida 4 nafar şaxs Lacetti va Spark avtomaşinasini 3,5 ming dollarga sotişni vaʼda qilgani aniqlangan.

Ular avtomaşinalarni sotmasdan, uning pullari va 2 juft avtomaşina davlat raqamlarini ötkir tiğli jism bilan qörqitgan holda zörlik bilan tortib olib, mazkur davlat raqamlarini qaytariş evaziga tovlamaçilik yöli bilan 1 ming dollar talab qilgan.

Yangiyöl tumani hududida yaşovçi şaxslar — fuqaro A.J. (1983 yilda tuğilgan), fuqaro Y.S. (2000 yilda tuğilgan), fuqaro U.S. (1994 yilda tuğilgan) va fuqaro A.Ş. (2000 yilda tuğilgan) uşbu pullarni Zangiota tumanida joylaşgan «Yonğoq» kafesida olgan vaqtlarida tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan qölga olingan.

Holat yuzasidan töplangan hujjatlar qonuniy qaror qabul qilişlik uçun Zangiota tumani IIBga taqdim etilgan. Hozirda gumon qilinuvçilarning boşqa jinoyatlarga aloqadorligi tekşirilmoqda.

×