Namanganda foizga pul berib, tovlamaçilik bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Namanganda foizga pul berib, tovlamaçilik bilan şuğullangan şaxslar uşlandi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida foiz evaziga pul berib, tovlamaçilik bilan şuğullanib kelgan şaxslar qölga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilişiça, Davlatobod tumanida yaşovçi 40 yoşli fuqaro 2023 yil iyun oyida özining jinoiy şerigi bilan qörqitiş yoki zörlik işlatiş yöli orqali özganing mol-mulkini qölga kiritiş maqsadida Namangan şahrida yaşovçi ayolga 68 million sömni foizga bergan.

Biroq uşbu ayol pullarni töliq qaytarib berişiga qaramasdan, har bir ötgan kun uçun qöşimça foiz pul tölaşi haqida yangi şartlar qöygan. Pullarni ololmagan jinoiy guruh ayolning soçlarini olib taşlaş bilan qörqitib, uni urib-döpposlab, ruhiy tazyiq ötkazib, umumiy hisobda 156 million sömni qölga kiritgan.

Şundan söng uşbu kimsalar ayoldan yana sababsiz pul talab qila boşlagan. Endi qarzlar 365 million sömni taşkil etgan. Jabrlanuvçi holat yuzasidan qonuniy çora körişlik uçun viloyat IIBga murojaat qilgan. Arizaga asosan 5 fevral kuni Namangan viloyati IIB Jinoyat-qidiruv boşqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida gumonlanuvçilar ayoldan kimyoviy işlov berilgan 1000 dollarni olayotgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamaçilik) 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.


Teglar:
×