Namangan viloyati Norin tumanida bir oila tarvuzdan zaharlandi, ularning ikki nafari vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmatiga tayanib "Daryo" internet-naşri xabar bermoqda.
Maʼlum bölişiça, 2022 yil 11 avgust soat 09:30 larda Norin tumani, «Katta yaydoq» MFY, Ğ.Ğulom köçasi 115-uyda yaşovçi fuqarolar J.X., uning turmuş örtoği M.E. va farzandlari G.X., R.X. hamda nabiralari S.R., U.R. öz yaşaş xonadonida ovqat va 2022 yil 7 avgust kuni tuman dehqon bozori old qismidan sotib olgan hamda ikki kun muzlatkiçda saqlab, 2022 yil 9 avgustda isteʼmol qilgan tarvuz mahsulotidan zaharlangan. Oqibatda J.X. va uning turmuş örtoği M.E. yaşaş xonadonida vafot etgan. Fuqaro G.X., R.X. va ularning farzandlari tuman tibbiyot birlaşmasiga joylaştirilgan.
Norin tumanlararo STEBning 2022 yil 11 avgustdagi 71 va 72-sonli dastlabki maʼlumotiga köra, marhum J.X. va M.E.ning ölimiga — nomaʼlum agentdan (ovqat mahsulotidan) zaharlanişi, içki aʼzolar şok holati, qonning suyuq holda bölişi, surunkali yurak işemik kasalligi, ötkir miya öpka şişi, ötkir yurak qon tomir va nafas yetişmovçiligi sabab bölgani körsatilgan.
Fuqaro J.X. va M.E.ning vafot etgani, fuqaro G.X. va uning farzandlari hamda singlisi R.X. zaharlangani sababiga aniqlik kiritiş maxsus bilim talab qilişini inobatga olib, sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi.
Hozirda mazkur holat böyiça tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









