Ijtimoiy tarmoqlarda joriy yilning 16 avgust kuni Toşkent şahridagi 4-son şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasida 4 yoşli bolaning vafot etganiga doir xabarlar tarqaldi. Unda marhumning otasi farzandiga şifokorlar beeʼtibor bölganligini aytgan. Mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar Soğliqni saqlaş boş boşqarmasi munosabat bildirdi.
Qayd etilişiça, joriy yilning 15 avgust kuni soat 08:30 da 2021 yilda tuğilgan Z.A. ota-onasi tomonidan 4-son şahar yuqumli kasalliklar klinik şifoxonasiga ketma-ket qayt qiliş, tana haroratining kötarilişi, iç ketişi, holsizlik va qorin oğriği şikoyatlari bilan olib borilgan. Bemorning onasidan şu zahoti epidemiologik anamnez yiğilgan.
Maʼlum bölişiça, oilaning 3 nafar farzandida uyda tarvuz isteʼmol qilgandan söng ketma-ket qayt qiliş, iç ketiş, tana harorati kötarilişi belgilari kuzatilgan. Uçala bemor yuqorida nomi keltirilgan şifoxonaga yotqizilgan.
Aynan Z.A.da ketma-ket qayt qiliş, içining suyuq ketişi va tana haroratining 38 darajagaça kötarilişi hamda qorin oğriği kuzatilgan. Unga “ötkir içak infektsiyasi, gastroenterokolit turi. Asorati: toksikoz-eksikoz 1-2 daraja” taşxisi qöyilgan.
Bola şifoxonaga keltirilişi bilan umumiy va bioximik qon, najas va siydik umumiy tahlillari qilingan. Bakteriologik ekma olingan va qorin böşliği ultratovuş tekşiruvidan ötkazilgan. Suvsizlanişni (tana harorati balandligi, ketma-ket qayt qiliş alomatlari) inobatga olgan holda davolaş rejasi tuzilgan. Şu asosda suvsizlanişni bartaraf etiş uçun tomir içiga suyuqlik yuboriş muolajasi ötkazilgan va antibiotik (etiotrop) terapiya boşlab yuborilgan.
Ana şu saʼy-harakat natijasida 1 sutka davomida bola tana harorati 37,7 darajada bölgan, iç ketiş kamaygan, qayt qiliş va köngil ayniş belgilari esa saqlanib qolgan. Bola davolovçi bölim şifokori nazoratida bölib, tibbiyot xodimlari tomonidan konsilium ötkazilgan hamda qöşimça davolaş rejasi belgilangan.
Bildirilişiça, bemor soat 20:40 va 23:00 da navbatçi şifokor tomonidan tekşirilgan. Körik vaqtida qusiş 4-5 marta davom etgani va tana harorati 37,7 bölgani, suvsizlaniş belgisi saqlangani kuzatilgan. Suvsizlaniş kuçayişining oldini oliş uçun tomir içiga suyuqlik va qusişga qarşi dori vositasi yuborilgan. Onasi tungi soat 01:50 da navbatçi hamşiraga bolani körsatgan. Hamşira bemor ahvolini körişi bilan uni reanimatsiya bölimiga ötkazgan. U yerda 40 daqiqa davomida reanimatsiya şifokori, navbatçi şifokor va tibbiyot xodimlari tomonidan reanimatsion tadbirlar bajarilgan. Yuqori nafas yöli elektrootsos yordamida tozalangan (elektrootsos işlaşi uçun, yaʼni manfiy bosim hosil qiliş uçun elektrootsos apparati içiga 1-2 litr suv quyiladi), ambu yordamida nafas berilgan, bilvosita yurak yopiq massaji ötkazilgan, kerakli şoşilinç tez yordam dori vositalari yuborilgan.
Körilgan tezkor reanimatsion tadbirlarga qaramay, bolada soat 02:30 da biologik ölim qayd etilgan. Taşxis: “ötkir yuqumli içak kasalligi, gastroenterokolit turi. Aspiratsion sindrom”. Bola Respublika sud-tibbiy ekspertizasiga yuborilgan va uşbu muassasaning dastlabki taşxisi maʼlum qilingan: “öpka-yurak yetişmovçiligining boşqa turlari, A09 içak infektsiyasi bilan boğliq, deb taxmin qilingan diareya va gastroenterit”.
Bildirilişiça, hozirgi vaqtda Z.A.ning ölimi böyiça huquq-tartibot idoralari tomonidan tekşiruv olib borilmoqda. Mazkur tekşiruv va Respublika sud-tibbiy ekspertizasining yakuniy xulosasidan söng bolaning ölimi yuzasidan yakuniy maʼlumot beriladi.









