Toşkentning Yaşnobod tumani hududida fuqarolar isteʼmolçilarning hayoti va soğliği xavfsizligi talablariga javob bermaydigan spirtli mahsulotlarni isteʼmol qilib, vafot etdi. Bu haqda Boş prokuratura Matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov maʼlum qildi.
Joriy yilning 8 oktyabr kuni Yaşnobod tumani, Qorasuv köçasi, 29B-uy, 47-xonadondan 4-sonli şahar klinik şifoxonasiga “nomaʼlum etiologiyali koma” taşxisi bilan olib kelingan 1986 yilda tuğilgan fuqaro R.Yanberdin şifoxonada vafot etgan.
Bundan taşqari, 9 oktyabr kuni spirtli içimlik isteʼmol qilib, 4-sonli şahar klinik şifoxonasiga “nomaʼlum koma” taşxisi bilan olib kelingan fuqarolar 1980 yilda tuğilgan I.Çalçenko, 1957 yilda tuğilgan V.Lukanin hamda 1966 yilda tuğilgan T.Dmitriyeva körsatilgan tibbiy yordamga qaramasdan şifoxonada vafot etişgan.
Xuddi şu kabi, 9 oktyabr kuni T.Dmitriyevaning öğli 1989 yilda A.Gadelşin RŞTYOIM toksikologiya bölimiga “nomaʼlum etiologiyali koma holatida ötkir zaharlaniş” taşxisi bilan olib kelingan.
9 oktyabr kuni tuman prokuraturasi tomonidan mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.









