Ukraina NATOga aʼzo bölişga haqli – Erdöğan

Ukraina NATOga aʼzo bölişga haqli – Erdöğan

Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdöğan Ukraina NATOga aʼzo bölişga loyiqligini aytdi. Bu haqda u keça, 7 iyul kuni Ukraina yetakçisi Vladimir Zelenskiy bilan bölib ötgan matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“Biz xalqaro huquq asosida muzokaralar yöli bilan uruşni töxtatiş uçun jadal saʼy-harakatlarni amalga oşirgan davlatmiz. Ukrainani qayta tiklaş uçun har tomonlama yordam beramiz. Albatta, Ukraina NATO aʼzoligiga loyiqdir”, dedi Erdöğan.

Turkiya rahbari, şuningdek, kelasi oyda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham Turkiyaga kelişini tasdiqladi hamda u bilan mahbuslarni almaşiş masalasini muhokama qilişga vaʼda bedi. U buni “ustuvor masala”, deb atadi.

Bundan taşqari, Erdöğan Turkiya Don yölagi kelişuvi muddatining uzaytirilişini kutayotganini maʼlum qildi. Uning sözlariga köra, mazkur kelişuv doirasida muhtoj davlatlarga 33 million tonna oziq-ovqat yetkazib berilgan. Sözi oxirida Turkiya rahbari Don kelişuvini yana ikki yilga uzaytirmoqçi ekanini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Erdöğan Zelenskiy bilan 2,5 soat davomida muzokara ötkazgani maʼlum qilingandi. Şuningdek, Zelenskiy Turkiyaga borişidan avval Bolgariya, Çexiya va Slovakiyaga taşrif buyurdi. Çexiya Boş vaziri Petr Fiala bilan uçraşuvdan söng Ukrainaga yirik kalibrli öq-dorilar, hujum vertolyotlari va boşqa qurollarni yetkazib beriş böyiça kelişuvga erişilgandi. Slovakiya esa Ukraianaga 16 ta “Zuzana” öziyurar artilleriya qurilmalarini yetkazib berişga, şuningdek, Ukraina bilan birga yangi turdagi gaubitsalar işlab çiqarişni yölga qöyişga rozi böldi.


×