Özbekiston milliy terma jamoasi va Italiyaning “Roma” klubi hujumçisi Eldor Şomurodov faoliyatini “Bolonya” jamoasida davom ettiradi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikola Skira Twitter sahifasida yozib qoldirgan.
Qayd etilişiça, bolonyaliklar Şomurodovni 10 million yevroga sotib oliş huquqi bilan ijaraga oladi. Eldor maʼlum körsatkiçlarga erişgan taqdirda sotib oliş huquqi majburiyatga aylanadi.
“Bolonya” 27 yoşli futbolçini sotib oladigan bölsa 2027 yilgaça möljallangan şartnoma imzolanadi.
Maʼlumot uçun, 2021 yilning yozida “Roma” Eldor Şomurodov uçun “Jenoa”ga 18 million yevro tölagan edi. Ötgan mavsumda 27 yoşli Şomurodov “Roma” tarkibida Italiya A seriyasining 28 öyinida maydonga tuşib, 3 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oşirdi. “Transfermarkt” portali özbekistonlik futbolçini 8 million yevroga baholagandi.









