Özbekistonda qaysi kasalliklardan eng köp ölim holati qayd etilayotgani maʼlum böldi

Özbekistonda qaysi kasalliklardan eng köp ölim holati qayd etilayotgani maʼlum böldi

2019 yilning yanvar-iyun oylarida 75,8 mingta ölim qayd etilgan bölib, mos ravişda 1000 aholiga nisbatan ölim koyeffitsiyenti 4,6 promilleni taşkil etdi, 2018 yilning mos davriga nisbatan özgarmagan (2018 yilning yanvar-iyun oylarida 4,6 promille bölgan).

Davlat statistika qömitasi xabariga köra, Adliya vazirligining Davlat xizmatlari agentligining FHDYO organlarida jami 79,4 mingta ölim qayd etilgan bölib, şundan 75,8 mingtasi joriy yilda vafot etgan, 3,6 mingtasi 2019 yil yanvar oyida röyxatdan ötib, 2018 yilda vafot etganlar, xalqaro tavsiyalarga asosan, 2018 yilning yakuniy maʼlumotlarida inobatga olingan.

2019 yilning yanvar 62,1 % - qon aylaniş tizimi kasalliklaridan, 9,5 % - ösimtalardan, 5,3 % - ovqat hazm qiliş aʼzolari kasalliklaridan, 4,5 % - nafas oliş aʼzolari kasalliklaridan, 5,4 % - baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 1,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 11,8 % - boşqa kasalliklardan vafot etgan. 

Röyxatga olingan 1 yoşgaça vafot etgan bolalar soni 3,4 ming nafarni taşkil etib, ularning 55,3 % - perinatal davrda yuzaga keladigan holatlardan, 20,4 % - nafas oliş aʼzolari kasalliklaridan, 13,3 % - tuğma anomaliyalardan, 2,2 % - baxtsiz hodisa, zaharlaniş va jarohatlanişlardan, 2,4 % - yuqumli va parazitar kasalliklardan, 0,8 % - ovqat hazm qiliş aʼzolari kasalliklaridan, 5,6 % - boşqa kasalliklardan vafot etgan.

×