Bizda bosim yöq – Eldor Şomurodov

Bizda bosim yöq – Eldor Şomurodov

Özbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Şomurodov Portugaliyaga qarşi bölib ötadigan Jahon çempionati guruh bosqiçi 2-tur uçraşuvi oldidan jamoa bosimni his qilmayotganini va maydonga yaxşi natija uçun çiqişini aytdi. Bu haqda Şomurodov öyin oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida söz oçdi.


“Albatta, bizda bosim yöq. Şu sababli öyinda Portugaliyaga nisbatan biz uçun osonroq keçişi mumkin, deb öylayman. Jamoamizda yaxşi muhit şakllangan. Birinçi uçraşuvdan keyin özimizga bölgan işonç ham ortdi. Biz Jahon çempionatidagi debyutimizni amalga oşirdik va endi yaxşi natija uçun maydonga çiqamiz”, deydi Şomurodov.

Şuningdek, u raqibning birinçi turdagi natijasi haqida öylamayotganliklarini bildirdi.

“Biz Portugaliyaning birinçi turdagi öyini natijasiga alohida eʼtibor qaratmadik. Hozir bu haqda öylaş vaqti emas. Balki uçinçi turdan keyin buni muhokama qilarmiz, ammo hozir barça eʼtiborimiz bugungi bahsga qaratilgan”, deydi terma jamoa sardori.

Şuningdek, Şomurodov Kolumbiyaga qarşi uçraşuvdagi xatolardan tegişli xulosa çiqarilganini ham qayd etdi.

“Kolumbiyaga qarşi birinçi bölimda murabbiy körsatmalarini töliq bajara olmaganimiz ayrim xatolarga sabab böldi. Endilikda bunday kamçiliklarni takrorlamaslikka harakat qilamiz. Öz öyinimizni namoyiş etib, töpni köproq nazorat qiliş va golli vaziyatlar yaratişga intilamiz”, deydi u.

Şu bilan birga Şomurodov jamoadagi ruhiy holat haqida ham fikr bildirdi.

“Hammasi yaxşi. Hayajon bölişi tabiiy, ammo maydonga çiqqan dastlabki daqiqalardanoq bu hissiyot yöqoladi”, dedi Şomurodov.

Eldor Abbosbek Fayzullayev bilan özaro hamjihatlik yuqori darajada ekanini taʼkidladi.


Teglar:
×