«Qöyliq» bozori qaysi hududga köçirilişi maʼlum böldi

«Qöyliq» bozori qaysi hududga köçirilişi maʼlum böldi

«Qöyliq» bozori hozirgi joylaşgan manzildan taxminan 8 km uzoqqa köçiriladi. Bu haqda Podrobno.uz maʼlum qilmoqda.

Yangi manzil Toşkent viloyati Örtaçirçiq tumani, Mehnatobod köçasida joylaşgan. Bu yerda qişloq xöjaligi mahsulotlarining ulgurji va çakana savdo bozorlari uçun zarur bölgan barça narsalar allaqaçon qurilgan bölib, egalari çakana savdo maydonçalarini ijaraga berişmoqda.

Foodcity oziq-ovqat tarqatiş markazining umumiy maydoni 84 ta futbol maydoniga teng, bu yerda 2,5 ming dökon va savdo rastalari mavjud. Bu mamlakatdagi eng yirik oziq-ovqat bozori böladi, deyiladi xabarda.

Maʼlum qilinişiça, aholiga qulaylik yaratiş maqsadida yaqin atrofda nafaqat Toşkentdan, balki mamlakatimizning boşqa viloyatlaridan ham avtobuslar qatnovi yölga qöyilgan yirik transport uzellari barpo etilgan. Avtoturargoh 3 mingta maşinaga möljallangan.

×