«Men sizlarga nima degandim?» — Lukaşenko Özbekiston haqida aytgan başoratini eslatdi

«Men sizlarga nima degandim?» — Lukaşenko Özbekiston haqida aytgan başoratini eslatdi

Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko Qoraqalpoğistondagi norozilik namoyişlariga munosabat bildirdi.

Siyosatçi bugungi kunda postsovet hududi, jumladan, Markaziy Osiyo uçun kuraş ketayotganini qayd etdi. Şuningdek, u voqealar boşlanişidan ança oldin başorat qilganini taʼkidladi.

“Esingizdami, Qozoğistondan keyin Özbekiston keyingisi böladi, bolalar, qaranglar, ötkazib yubormanglar”, degandim. Biz özbeklarga köp faktlarni keltirdik. Sammitlardan birida buni aytganimda, ular qandaydir tarzda mendan xafa bölişdi. Keça nima böldi? Qoraqalpoğiston Respublikasi, göyoki u yerda Konstitutsiyada biror narsani hal qiladigandek.

Mana olaman kötarildi. Yöq, Özbekistonni ular bosib olişdi. Va bugun ular bunda çet elliklarning qöli borligini allaqaçon eʼlon qilişmoqda.

Ular Qozoğistondan ketişmagan. U yerda vaziyat juda oğir. Örta Osiyo esa biz kabi ikki öt orasida qoldi. Bir tomonda yevropaliklar, amerikaliklar, ikkinçi tomondan esa Xitoy bor, bu Markaziy Osiyoning omon qolişiga katta yordam beradi”, — deydi Lukaşenko.

×