Şavkat Mirziyoyev: "Men sizlarga bir sirimni aytaman"

Şavkat Mirziyoyev: "Men sizlarga bir sirimni aytaman"

Prezident Şavkat Mirziyoyev Özbekiston yoşlari forumiga yiğilgan yigit-qizlar bilan muloqot qildi. Toşkentdagi “Humo Arena” saroyiga kelganlar va hududlardagi iştirokçilar öz fikrlarini, taklif va mulohazalarini oçiq bayon etdi.

Davlatimiz rahbari barça dolzarb taşabbuslarni qöllab-quvvatlab, ular böyiça mutasaddilarga şu yerning özida körsatmalar berdi.

- Forum davomida sizlar bilan suhbatlaşgan vazirlar menga savollaringni, fikrlaringni aytib berdi. Davlat idoralari rahbarlari yoşlarning muammolarini ota-ona bölib, yuragidan ötkazib, tizimli şuğullanmagani haqiqat. Endi hamma rahbarlar yoşlarning ovozini eşitadi, talablarini amalga oşiradi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz forum davomida bildirilgan fikrlar har tomonlama tahlil qilinib, tegişli qarorlar qabul qilinişini taʼkidladi.

– Men sizlarga bir sirimni aytaman: hududlarga borganda köproq yoşlar bilan uçraşişga, ular bilan gaplaşişga harakat qilaman. Çunki men sizlarday közi yongan, yuragi yongan yoşlarni izlayman. Sizlar şunga munosibsizlar, – dedi Prezident.

Forumda “Humo Arena” saroyiga kelgan 3 ming 300, şuningdek, hududlardagi studiyalarda 26 ming nafardan ziyod yoşlar iştirok etdi.

– Bugun tarixiy uçraşuvimiz. Kelinglar, bu doimiy bölib qolsin. Xalqimiz mehr közda degandek, bir-birimizga mehrimiz abadiy bölsin, – deya sözini yakunladi Şavkat Mirziyoyev.

Forum iştirokçilarining mamlakatimiz yoşlariga murojaati qabul qilindi.

Uşbu forum, Prezident bilan muloqot mamlakatimiz yoşlariga kötarinki ruh, unutilmas motivatsiya bağişladi. Tadbir yakunidagi kontsert katta bayram şodiyonasiga aylanib ketdi.

×