Yuk maşinalari harakatiga mavsumiy çeklovlar örnatiladi – Prezident qarori

Yuk maşinalari harakatiga mavsumiy çeklovlar örnatiladi – Prezident qarori

Prezident Şavkat Mirziyoyev yöl xöjaligini yanada takomillaştirişga qaratilgan qarorni imzoladi. Bu haqda Adliya vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Hujjatga köra, 2024 yil 1 yanvardan boşlab avtomobil yöllarida bajariladigan işlar turlariga quriliş va rekonstruktsiya, taʼmirlaş va texnik xizmat körsatiş kiradi.

Bundan taşqari, loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlaşda, yöl quriliş işlarini bajarişda, şuningdek, ularni qabul qilişda hajm va sifat körsatkiçlarini nazarda tutuvçi tizim joriy etiladi.

Yil boşidan boşlab, avtomobil yöllarini quriş va rekonstruktsiya qiliş tugallangan obʼektlarning asosiy konstruktsiya elementlariga kamida uç yillik kafolat muddati joriy etiladi.

Qarorda keltirilişiça, avtomobil yöllarida havo harorati yuqori bölgan davrda yuk maşinalari va avtopoyezdlar (tirkamalar) harakatiga mavsumiy çeklovlar örnatiladi, faqatgina maxsus transport vositalari bundan mustasno.

Eslatib ötamiz, 20 oktyabr kuni ötkan videoselektorda yöllardagi harakat xavfsizligi bilan boğliq vaziyat ança ayançli ahvolda ekanini aytib, Transport vazirini tanqid qilgan edi.


×