Uç marta Suriyadagi jangarilar safiga qöşilişga uringan 32 yoşli ayol beş yilga qamaldi. Bu haqda Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilişiça, N.S. ismli ayol 2020 yilda Suriya va Turkiyada faoliyat yuritayotgan “Tavxid va jixod katibasi” xalqaro terrorçilik guruhi aʼzolari bilan Internet tarmoği orqali aloqa örnatib, ularning taʼsirida Turkiyaga borgan. Söngra, jangarilar safiga qöşiliş maqsadida Suriya hududiga ötişga uringan vaqtida Turkiya çegaraçilari tomonidan qölga olingan va Özbekistonga qaytarilgan.
Biroq, N.S. Özbekistonga qaytib kelganidan keyin ham jinoiy faoliyatini davom ettirib, Internet orqali “Tavxid va jixod katibasi” terrorçilari bilan aloqani qayta tiklagan, ularning ğoyalarini qöllab kelgan hamda öz yaqinlari orasida va ijtimoiy tarmoqlar orqali ekstremistik ğoyalarni tarğiboti bilan şuğullangan.
Xabarga köra, yuqorida qayd etilgan holatlar yuzasidan fuqaro N.S.ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov jarayonida N.S.ga nisbatan insonparvarlik tamoyili asosida “Tilxat” ehtiyot çorasi qöllanilgan.
“Biroq, N.S. bu safar ham öziga töğri xulosa çiqarib olmasdan Suriyadagi hamfikrlari safiga qöşiliş maqsadida Özbekiston hududidan yaşirinça çiqib ketişga uringan vaqtida huquq-tartibot idoralari tomonidan qölga olindi. Bir neça marotaba imkon berilgan bölsada, töğri xulosa çiqara olmagan N.S.ga nisbatan sud hukmi bilan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi”, deyiladi xabarda.









