Farğona viloyatining Qöqon şahrida aka-uka örtasida yuzaga kelgan tortişuv oqibatida uka öz akasiga 9 marta piçoq urdi. Aka tirik qoldi, biroq uka 7 yilga qamaldi. Bu haqda “Zamon” körsatuvida maʼlum qilindi.
Qayd etilişiça, 19 yoşli yigit keçki payt onasi bilan televizor körib ötirib, qaysi kanalga oliş ustida tortişib qolgan. Şu payt yigitning akasi kelib, ukasiga şovqin kötarmaslikni aytgan va örtada janjal kelib çiqqan. Şundan söng, ularni ona va tönğiç aka ajratgan.
Dastlab, uka jahl ustida oşxonaga kirib, piçoq olgan va hovlida turgan akasiga piçoq bilan tan jarohati yetkazgan. Aka köçaga qoçib çiqqandan keyin ham uka unga yetib olib, bir neça marotaba piçoq urgan. Qöşnilar çiqib qolgani sabab, uka öz işini “oxirgaça” yetkaza olmagan. Voqea joyidan qoçgan yigit Içki işlar bölimi xodimlariga duç kelgan va özini ularga topşirgan.
Garçi aka tanasining 9 joyidan piçoqlangan bölişiga qaramasdan tirik qolgan. Sud tibbiy ekspertizasiga köra, yigitda kökrak qafasining old va orqa, öng va çap yuzalarida, ikki yelka sohalarida, bel va qorin böşliğida piçoq bilan kesilgan jarohatlar aniqlangan. Jigari ham zarar körgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25-moddasi (Jinoyatga tayyorgarlik köriş va jinoyat sodir etişga suiqasd qiliş) orqali 97-moddasi (Qasddan odam öldiriş) 1-qismi bilan yigit aybli, deb topilgan. Uning muqaddam sudlanmagani, jabrlanuvçi bilan yaqin qarindoşligi hamda daʼvo arizasining yöqligi inobatga olinib, kodeksning 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlaş) qöllanilib, 7 yil ozodlikdan mahrum etiş jazosi tayinlangan. Jazoni umumiy tartib kaloniyalarida ötaş belgilangan.









