Rasul Kuşerbayev va Davlat Soliq qömitasi örtasidagi sud sanasi belgilandi

Rasul Kuşerbayev va Davlat Soliq qömitasi örtasidagi sud sanasi belgilandi

Davlat soliq qömitasi va uning tarkibiy bölinmalari xodimlari Birlaşgan kasaba uyuşmasi  Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Kuşerbayev Rasul Xidraliyeviç ustidan Fuqarolik işlari böyiça Şayxontohur tumanlararo sudiga daʼvo arizasi kiritgani xabar qilingandi.

Davlat soliq qömitasi kasaba uyuşmasi deputatni Human.Uz saytining «Söz blogerlarga» körsatuvida aytgan fikrlari uçun sudga bergandi.

Maʼlum bölişiça, Rasul Kuşerbayevga çaqiruv qoğozi kelgan. Unda, deputat va Soliq qömitasi kasaba uyuşmalari örtasidagi sud jarayoni 12 may kuni soat 11:30 da Şayxontohur tumanlararo sudida bölişi belgilangani qayd etilgan.

Foto: Muxbir Daliyev

Taʼkidlaş joizki, Soliq qömitasi kasaba uyuşmasi deputatdan gapirgan sözi uçun 4,6 mlrd. söm miqdorida maʼnaviy zarar undirmoqçi. Bunday yirik miqdor qanday hisoblanganiga izoh berilmagandi.

×