«TikTok»ning maqsadi nima?

«TikTok»ning maqsadi nima?

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoqlar — Facebook (Meta) va TikTok köp qiyoslanadi. Facebook juda tez böy çözayotgan raqobatçisidan nimalarnidir örganişga urinayotgani sir emas, TikTok esa...

TikTok top-menejeri ikki kompaniya farqini CNBC bilan suhbatda tuşuntirdi: «Facebook — ijtimoiy tarmoq. Ular hamma algoritmlarini ijtimoiy negizga qurişgan. Ularning salohiyati şunda. Bizda boşqaça — köngiloçar platforma… Farq katta».

Kompaniya vakili TikTok köngiloçar ilova sifatida ayni paytda tengsiz ekanini aytib, uning foydalanuvçilari öziga xos madaniy tajribaga ega bölayotganini qöşimça qildi.

«Facebook har holda bizning izimizdan kelmasa kerak, aks holda özining asl mohiyati — ijtimoiy funktsiyasini yöqotib qöyadi. Bunga tayyorga ham öxşamaydi», — dedi u.

×