AQŞda "TikTok"ning yoşlar soğliğiga taʼsirini örganiş böyiça suriştiruv işlari boşlandi. Ilk natijalarga köra ijtimoiy video-xizmat yoşlarning jismoniy va ruhiy holatiga salbiy taʼsir körsatişi maʼlum böldi.
Massaçusetsdagi tadqiqotçilarning taʼkidlaşlariça, uşbu tarmoq yoş foydalanuvçilarni keng qamrab olgan. Ularning eʼtiborini jalb etiş uçun turli usul va texnologiyalardan foydalanadiki, ularning hammasini ham oqlab bölmaydi.
"TikTok" asosçilari esa yoşlarning xavfsizligiga eʼtibor qaratayotgani, platformaning imkoniyatlarini yoşga qarab çeklayotganini bildirib, özini himoya qilişga urindi.
Yaqinda "Instagram"ga ham foydalanuvçilar yoşini inobatga olmaslik, ösmirlar va bolalar xavfsizligini taʼminlamaslik ayblovi qöyilgan edi.
Tekşiruv AQŞdagi 8 ta ştatning prokurorlari iştirokida ötkazilmoqda. Uşbu işga kirişgan ştatlar soni ortişi kutilmoqda. Internetdagi yoş auditoriya xavfsizligi hozir davlat darajasidagi masala bölib, Prezidentning şaxsan özi bu bilan şuğullanmoqda. Keça ham Jo Bayden internetda bolalar uçun reklamalarga çek qöyiş taklifi bilan çiqdi.









