Rossiya Ozarbayjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Eronga rejadan taşqari va muntazam reyslarga COVID-19 tufayli kiritilgan çeklovlarni özaro asosda olib taşlamoqda. Bu haqda Federatsiya Havo transporti federal agentligi xabar berdi.
“Rossiya Federatsiyasi hukumatining 2022 yil 9 martdagi qaroriga muvofiq, Ozarbayjon, Armaniston, Qozoğiston, Qirğiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Özbekiston va Eronga COVID-19 tarqalişining oldini oliş doirasida ilgari kiritilgan rejadan taşqari va rejali reyslarga çeklovlari bekor qilindi”, deyiladi xabarda.
Avvalroq Belarus, Dominikan Respublikasi, Misr (Qohira bundan mustasno), Birlaşgan Arab Amirliklari, Turkiya, Finlyandiya, Çexiya, Şveytsariya, Janubiy Koreya va Kubaga parvozlar uçun kovid çeklovlari butunlay olib taşlangan edi.
Qayd etilişiça, bu davlatlarga parvozlar endilikda faqat havo qatnovi böyiça hukumatlararo kelişuvlar va mamlakatlar aviatsiya maʼmurlari örtasidagi alohida kelişuvlar qoidalari bilan çeklanadi.
“Aviakompaniyalar muntazam va rejadan taşqari parvozlarni amalga oşirişda Rossiya Federatsiyasi Boş davlat sanitariya vraçining “COVID-19 tarqalişining oldini oliş uçun izolyatsiyani taʼminlaş töğrisida”gi qarori qoidalariga rioya qilişlari şart”, deya qöşimça qilmoqda Havo transporti federal agentligi.









