Isroildagi özbekistonliklarga mamlakatni tark etiş tartibi tuşuntirildi

Özbekistonning Isroildagi elçixonasi fuqarolarni mamlakatda amal qilayotgan favqulodda holat rejimi munosabati mamlakatdan çiqib ketiş tartibini tuşuntirdi. Bu haqda elçixona matbuot xizmati xabar qildi.



Mamlakatdan çiqib ketişga zarurat tuğilganda, fuqarolar Isroilni Misr bilan çegaradagi “Taba/Begin” nazorat-ötkaziş punkti orqali tark etişlari mumkin. U yerdan Şarm-aş-Şayx şahriga yetib olib, muntazam aviaqatnovlar orqali Özbekistonga qaytiş imkoniyati mavjud.

Elçixona fuqarolarni xavfsizlik çoralariga qatʼiy rioya qilişga, ogohlantiriş signallari çoğida darhol boşpanalarga yöl oliş va xavf signallariga befarq bölmaslikka, şuningdek, xotirjamlikni saqlaşga, raketa parçalari yaqiniga bormaslikka va faqat rasmiy axborot manbalariga tayanişga çaqirgan.

Diplomatik vakolatxonalarning aloqa maʼlumotlari:

Özbekistonning Isroildagi elçixonasi işçi raqamlar:

03-672-2466

03-672-2371

03-758-5075

03-758-5076

Şoşilinç aloqa (24/7):

+972 54 485 1397

Özbekistonning Misrdagi elçixonasi:

+20233364516

+201281444867


×