"Hijobi yeçtirilgan ayol": Çirçiqda ayol terrorizm taʼsiriga tuşib qolganligi maʼlum böldi

"Hijobi yeçtirilgan ayol": Çirçiqda ayol terrorizm taʼsiriga tuşib qolganligi maʼlum böldi

Joriy yilning 30 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent viloyati Çirçiq şahrida yaşovçi fuqaro murojaati aks etgan video xabar tarqatildi. Uşbu holat yuzasidan Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi quyidagilarni maʼlum qildi.

2020 yil 11 iyun kuni Çirçiq şahar IIB Terrorizm va diniy ekstrimizmga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan olingan maʼlumotga asosan, Toşkent viloyati IIBB TEQKB va DXX xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Tadbir davomida, Toşkent şahri Çilonzor tumanida röyxatda turib, Çirçiq şaharda yaşovçi, oilali 3 nafar farzandi bor 1982 yilda tuğilgan G.B. youtubeʼ internet tarmoği orqali “Suriya davlatida faoliyat olib borayotgan terroristik taşkilotlar tomonidan tayyorlangan ekstremistik va terroristik ruhdagi videoroliklarni doimiy körib kelişi, telegaramʼ tarmoğida ular tomonidan yuritiladiganguruhlarga aʼzo bölib, doimiy ravişda ekstremistik, terroristik ruhdagi daʼvatlar aks etgan materiallarni eşitib, saqlab va özining tanişlariga muntazam tarqatib, tarğib qilib kelganligi aniqlangan.

Şu bilan birga, qizi 2003 yilda tuğilgan (maktab öquvçisi) X.U.foydalanib kelgan telefon xotirasida ekstremistik ruhdagi audio-video materiallar, youtubeʼ sahifasida saqlangan xalqaro terroristik taşkilotlar videoroliklari, ekstremistik daʼvatlar aks etgan fayllar borligi, uşbu telefon apparatidan oldin özi (G.B.) foydalanganligi va yuklab olganligi aniqlangan. Şuningdek, u qarindoşlari tomonidan oçilgan telegramʼ guruhiga ham turli ekstremistik ruhdagi maʼruzalarni tarqatib kelgan.

Holat yuzasidan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning xulosasida G.B. ga tegişli bölgan telefon apparatlari xotirasidagi maʼlumotlar aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğirilganligi, ularni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, tarqatiş va saqlaş taʼqiqlanişi körsatib ötilgan.

Mazkur holat yuzasidan, fuqaro G.B. ga nisbatan 2020 yil 30 iyun kuni Çirçiq şahar IIB TB tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 244-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Fuqaroning oilaviy ahvoli va boşqa holatlar inobatga olinib, unga «tilxat» ehtiyot çorasi qöllanilgan. Hozirda tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Şu örinda fuqarolardan, jurnalist, bloger va ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilaridan, töğridan-töğri içki işlar tizimini obrösizlantirişga qaratilgan, tekşirilmagan yoki bir tomonlama örganilgan axborot va xabarlarni tarqatmasliklarini, bu kabi holatlarda rasmiy manbalar orqali holatga aniqlik kiritişlarini va olingan maʼlumotlarni xolis yetkazişlarini söraymiz.

×