Internet tarmoğida “Yekaterina Starinkova” ismli foydalanuvçi 13-fevral kuni Mirzo-Uluğbek tumani Darxon köçasida içida 10 oylik öğli bölgan bolalar aravaçasi bilan sayr qilayotganida, taxminan 25-30 yoşli nomaʼlum şaxs uni yelkasidan urganligi haqida xabar eʼlon qildi.
Uşbu fakt böyiça Mirzo-Uluğbek tumani IIO FMB xodimlari tekşiruv ötkazdilar va quyidagilarni aniqladilar.
Haqiqatdan ham voqea 2020 yili 13-fevral kuni kunduzi Mirzo-Uluğbek tumani Darxon köçasida röy bergan. Yoş yigit heç qanday sababsiz 34 yoşli Ye.Z.ni yelkasidan urgan. Yigitni şaxsi aniqlanib, u 34 yoşli F. A. ekanligi, şuningdek u tungi vaqtda sababsiz avtomobillar ustiga çiqib sakraşi, eşiklarni tepişi maʼlum böldi. Mirzo-Uluğbek IIO FMB –son içki işlar bölimi xodimlari F.A. haqida Şahar klinik psixiatriya şifoxonasiga xabar berişdi, hozirda F.A. öşa yerda.
Ijtimoiy tarmoqlardagi post egasi bilan xotin-qizlar masalalari böyiça katta inspektor katta leytenant Tamar Molaşxiya va profilaktika katta inspektori katta leytenant Xasad Abdullayevlar boğlanib, olib borilgan işlar haqida xabar berişdi. Bu haqda Ye.Z. alohida xabar orqali ijtimoiy tarmoqda maʼlumot berdi.









