Namangan viloyat maʼmuriy sudi, tumanlararo maʼmuriy sudi sudyalari Namangan viloyat Adliya boşqarmasi binosida mahalliy ijro hokimiyati organlari, Adliya boşqarmasi özini özi boşqariş organlari vakillari iştirokida “Maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlaşdagi roli” mavzusida öquv seminar ötkazildi.
Unda, Namangan viloyat maʼmuriy sudi raisi Z.Qurbonova Maʼmuriy sudlar faoliyati va ularning jamiyatda qonuniylikni taʼminlaşdagi roli töxtalib, Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyamizning 44-moddasiga köra, har bir şaxsga öz huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qiliş, davlat organlari, mansabdor şaxslar, jamoat birlaşmalarining ğayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga şikoyat qiliş huquqi kafolatlanganligi, öz navbatida, mamlakatimizda maʼmuriy sudlarning taşkil etilişi Asosiy qonunimizda belgilangan uşbu huquqlar samarali amalga oşirilişini taʼminlaşga ham xizmat qilayotganligini, Maʼmuriy sudlarning birinçi navbatdagi vazifasi fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining davlat organlari bilan munosabatlarida qonun ustuvorligini taʼminlaş bilan bir qatorda ular huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qiliş hisoblanişini takidlab ötdi.
Tadbirda mamlakatimiz taraqqiyotining zamonaviy bosqiçida keng kölamli islohotlarni muvaffaqiyatli amalga oşiriş va 2022-2026 yillarga möljallangan Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan ustuvor maqsadlarga erişiş oldimizda turgan eng dolzarb vazifa ekanligi, Yangi Özbekiston şaroitida davlat boşqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati tizimining samaradorligini oşiriş, ular faoliyatini natijadorlikka yönaltiriş orqali aholi farovonligini taʼminlaş asosiy masalalardan biri ekanligi bois hamda Taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarni amalga oşiriş yuzasidan joriy yilning 29 yanvar kuni “Davlat organlari bilan munosabatlarda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlari huquqlarining samarali himoya etilişini taʼminlaş hamda aholining sudlarga bölgan işonçini yanada oşiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi Prezident qarori qabul qilinganligiga, mazkur qaror mamlakatimizda maʼmuriy yustitsiya sohasida amalga oşirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi ekanligiga eʼtibor qaratilganli alohida taʼkidlandi.
Namangan viloyat maʼmuriy sudi sudyasi U.Nişonova hamda tumanlararo maʼmuriy sudining raisi O.Ziyavitdinov va sudya N.Tojiyevalar mazkur qaror bilan maʼmuriy sudlar faoliyatida isloxotlarga töxtalib ötişdi.
Sud amaliyoti tahlil qilinganda maʼmuriy sudlarda iş holatlarini isbotlaş majburiyati taraflarning öziga yuklatilgani ularni tengsiz holatga keltirayotganini körsatdi. Jumladan, huquqi buzilgan fuqaro yoki yuridik şaxsning öz talablarini isbotlab beriş böyiça imkoniyatlari davlat organlarining resurslariga qaraganda birmunça çeklangan.
Amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, ommaviy-huquqiy nizolar böyiça sud hujjatlari ijro qiliş uçun davlat organlariga oddiy xat orqali yuboriladi. Uşbu hujjatlar böyiça majburiy ijro varaqalari berilmaydi.
Şu sababli fuqaro yoki yuridik şaxsning şikoyati asosida çiqarilgan sud hujjati ijrosi davlat organlari yoki mansabdor şaxslar tomonidan ixtiyoriy ravişda amalga oşirilişini taʼminlaş uçun taʼsirçan nazorat mexanizmlari mavjud emas edi. Buning natijasida köp holatlarda fuqarolar yoki yuridik şaxslar manfaatida çiqarilgan sud hujjati davlat organlari yoki mansabdor şaxslar tomonidan ijro etilmasdan qolayotgani ham heç kimga sir emas.
Tadbirda Prezidentimiz qarorida davlat organlari qarorlari ustidan berilgan şikoyatlarni körib çiqişda maʼmuriy sudlarning rolini kuçaytiriş, ularni fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining haqiqiy himoyaçisiga aylantirişga qaratilgan muhim çoralar belgilanganligi, unga köra, maʼmuriy sud işlarini yuritişni «sudning faol iştiroki» tamoyili asosida amalga oşiriş nazarda tutildi. Bunda maʼmuriy sudlarga işning haqiqiy holatlarini aniqlaş uçun öz taşabbusi bilan dalillarni yiğiş majburiyati yuklanadi, huquqi buzilgan fuqaro yoki tadbirkorlik subʼektiga esa, dalillarni yiğişda faqat öz imkoniyati doirasida iştirok etişiga şaroit yaratilişi tuşuntirib ötildi.
Seminar söngida maʼmuriy sud iş yurituvini xalqaro standartlarni inobatga olgan holda takomillaştirişga hamda maʼmuriy sudlarni haqiqiy xalq sudiga aylantirişga xizmat qilişi aytildi.
Tadbir söngida iştirokçilar özlarini yuzaga kelayotgan muammolar böyiça bergan savollariga mutaxassislardan javoblar olişdi.
Umida Nişonova,Namangan viloyat maʼmuriy sudi sudyasi











