Germaniya sobiq kantsleri Gerhard Şryoder prezident Vladimir Putin bilan döstona munosabatlar hamda Rossiya şirkatlaridagi mömay daromadli lavozimdan voz keçmayotgani sababli imtiyozlardan mahrum etiladi. Mamlakat parlamenti bu borada yakdil kelişuvga erişdi.
Bundestagda sobiq kantslerning ofisi hamda yordamçilari faoliyat yuritib kelgan. «Putinning Germaniyadagi eng yaqin dösti» jazo tariqasida byuro hamda ofisdan mahrum etilmoqda. Uning pensiyasi hamda qöriqçilari saqlab qolingan.
Sotsial-demokratlar partiyasi vakili bölgan G.Şryoder 1998-2005 yillarda kantsler vazifasida faoliyat yuritgan. Hukumat boşliği kursisidan ketganidan buyon Rossiyaning yirik energetika şirkati ؘ– «Rosneft» direktorlar kengaşi rahbari lavozimida faoliyat yuritib keladi. Ukrainaga bosqin ortidan Şryoderning Kreml manfaatlariga qaratilgan faoliyatiga nisbatan norozilik kuçaygan.
Olmon matbuoti Şryoderni kremlparastligi bilan amaldagi hukumatni önğaysiz holatga solayotgani, faqat şaxsiy manfaatlarini közlayotganini tanqid qilmoqda. Iqtidordagi sotsial-demokratlar partiyasi esa Şryoderni Rossiya şirkatidagi lavozimdan voz keçişga undamoqda. Ammo sobiq hukumat rahbari bunga könmayotir. Boz ustiga, u Ukrainaga bosqindan keyin ham Rossiyani ihotalaş töğri emasligi, Germaniya sanoati uçun rus xomaşyosi zarurligi haqida bayonot bergan. Ayni çoqda Şryoderni bir paytlar özi raislik qilgan sotsial-demokratlar partiyasi aʼzoligidan çiqariş taşabbusi ilgari surilgan.
Olmon jamoatçiligi ham sobiq hukumat rahbarining Ukrainani xonavayron qilayotgan siyosatçi bilan döstligidan xursand emas. Hatto Germaniyadagi ayrim qahvaxonalar Şryoder va rafiqasining kirişini taqiqladi.
2014 yilda Şryoder Sankt-Peterburgda 70 yillik yubileyini nişonlagan va tantanada şaxsan Putin qatnaşgan edi. Rossiya–Ukraina ziddiyati avjiga çiqqan kunlar sobiq kantslerning Ğarb raqib ölaroq köradigan davlatda bayram qilişi Germaniya jamoatçiligining keskin eʼtiroziga sabab bölgan edi.
2018 yili V.Putinning navbatdagi inauguratsiya lavozimida Şryoder iştirok etgan va Rossiya prezidentining xos aʼyonlari qatorida – patriarx Kirill va Dmitriy Medvedev bilan yonma-yon turgan edi. Öşanda ham olmon matbuot özini xorijiy davlat rahbarining mulozimi kabi tutayotgan sobiq kantslerni keskin tanqid qilgandi.









